O‘zbekiston shu yil bahordan sun’iy yomg‘ir yog‘dirishni boshlaydi

© Sputnik / Sorokopud JuliaSilniy liven
Silniy liven - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston olimlari Orolbo‘yi mintaqasida sun’iy yomg‘ir chaqirish bo‘yicha pilot loyihani bahorda ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Texnologiya yog‘ingarchilikni 10–20 foizga oshirishi mumkin.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston olimlari 2026-yildan sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini joriy etishni boshlashni rejalashtirmoqda. Orolbo‘yi mintaqasida pilot loyihani joriy yil bahorida ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi RIA Novostiga ma’lum qildi.

"O‘zbekistonda joriy yilning bahorida sun’iy yomg‘ir chaqirish bo‘yicha pilot loyihani ishga tushirish rejalashtirilmoqda", — dedi akademiya vakili.

Uning ta’kidlashicha, loyihani amalga oshirishda yog‘ingarchilikni sun’iy ko‘paytirish bo‘yicha xalqaro tajriba o‘rganilgan. Bunday texnologiyalar Xitoy, BAA va Saudiya Arabistonida qo‘llanib kelinmoqda.
Pilot doirasida beshta sinov uchirishini o‘tkazish rejalashtirilgan. Gap bulutlarni ekish usuli haqida ketmoqda — bu ob-havoni sun’iy o‘zgartirish usuli bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishini rag‘batlantirish maqsadida bulutlarga maxsus reagentlar purkaladi. Texnologiya, avvalo, qurg‘oqchilik muammosi keskin bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasida qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

"Prognozlarga ko‘ra, bunday texnologiya yog‘ingarchilik miqdorini tabiiy darajadan 10-20 foizga oshirishga yordam beradi", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Agar tajriba ijobiy natija bersa, loyihani mamlakatning boshqa hududlariga ham tatbiq etish mumkin.
Avvalroq "O‘zgidromet" 2025-yil O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq va juda quruq yillardan biri bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Xususan, Toshkentda 2025-yilda o‘rtacha yillik harorat Selsiy bo‘yicha 17,1 darajani tashkil etdi — bu kuzatuvlar davridagi meyordan 2 darajaga yuqori. Respublikaning aksariyat hududlarida yillik yog‘ingarchilik miqdori iqlimiy meyorning 50–80 foizini tashkil etgan. Faqat shimoli-g‘arbiy tumanlar va chekka janubda yog‘ingarchilik hajmi meyorga yaqin bo‘lgan.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda isish sur’atlari global o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori. Muzliklarning jadal erishi, suv resurslarining kamayishi hamda sel, qor ko‘chkilari va qurg‘oqchilik kabi ekstremal meteorologik hodisalar sonining ortishi kuzatilmoqda. Iqlim modellari prognozlariga ko‘ra, yaqin yuz yillikda mamlakatda harorat yana 1,5–3 darajaga oshishi mumkin.
Ledniki Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2026
Tojikiston muzliklari keskin qisqarmoqda — Amudaryo kelajagi tahdid ostidami
Yangiliklar lentasi
0