Eron mojarosi: sabablar, raketa zaxiralari, ehtimoliy davomiyligi - tomonlar bayonotlari

© AP Photo / Iranian Defense MinistryZapusk iranskoy raketi "Xorremshexr-4". Arxivnoe foto
Zapusk iranskoy raketi Xorremshexr-4. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2026
Obuna bo‘lish
Yaqin Sharqdagi keskinlik kuchayishi ortidan AQSh, Isroil va Eron rahbarlari o‘zaro ayblovlar va tahdidlarga boy bayonotlar bilan chiqish qildi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Yaqin Sharqdagi keskinlik ortidan AQSh, Isroil va Eron rasmiylari o‘zaro ayblovlar va tahdidlar bilan chiqish qildi. Xalqaro tashkilotlar va yirik davlatlar ham o‘z pozitsiyalarini bildirdi.
Eron pozitsiyasi
Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi:
"Eron qo‘shnilariga emas, Amerika harbiy bazalariga hujum qilmoqda".
Eronning BMTdagi vakili Ali Bahrayniy:
"Eron hech qachon diplomatik yo‘ldan voz kechmagan. Aksincha, aynan AQSh va Isroil bir necha bor diplomatik jarayonlarga putur yetkazgan. Urush hech qachon Eronning tanlovi bo‘lmagan".
Shuningdek:
"Bosqinchilik urushini boshlab, AQSh o‘zining barcha obyektlarini Eronning o‘zini o‘zi mudofaa qilish huquqi kontekstida qonuniy nishonlarga aylantirdi".
AQSh pozitsiyasi
Donald Tramp:
"Agar men Obamaning Eron bilan tuzgan dahshatli yadroviy kelishuvini bekor qilmaganimda, Eron uch yil oldin yadro quroliga ega bo‘lardi".
"Qo‘shma Shtatlarda o‘rta va katta kalibrli o‘q-dorilarning deyarli cheksiz zaxirasi bor, ammo ular biz xohlagan darajada emas".
U Amerika obyektlariga tahdid uni xavotirga solmasligini aytdi:
"Bu urushning bir qismi… Biz katta zarar yetkazmoqdamiz. Maqsadga juda yaqinmiz. Biz ularni tubdan orqaga uloqtirmoqdamiz".
Shuningdek Tramp operatsiya maqsadiga juda yaqin ekanini bildirdi.
Davlat kotibi Marko Rubio:
"Biz Isroilning niyatlaridan xabardor edik. Muqarrar tahdid shunda ediki, agar Eron hujumga uchrasa, u darhol javob qaytarishi mumkin edi".
"Qo‘shma Shtatlar qisqa masofali ballistik raketalar va harbiy-dengiz infratuzilmasiga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda".
"Biz qonunga 100 foiz amal qildik va amal qilishda davom etmoqdamiz".
"Biz Eronda rejim o‘zgarishini ko‘rishdan xursand bo‘lardik, ammo missiya maqsadi — biz va ittifoqchilarimizga tahdid soluvchi qurollar qolmasligi".
"Hujumlarning keyingi bosqichi Eron uchun hozirgidan ham og‘irroq bo‘ladi".
"Hozircha quruqlikdagi qo‘shinlarni joylashtirmayapmiz, ammo prezidentda bunday variantlar ham bor".
U mojarodan keyin Eronni boshqarishda ishtirok etish ehtimolini istisno qilmadi.
Maktabga berilgan zarba haqida savolga javob berib:
"Men xabarlarni ko‘rdim… adashishni istamayman… Qo‘shma Shtatlar maktabga ataylab zarba bermasligi aniq".
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens:
"Biz operatsiyani yana biroz davom ettirishimiz mumkin, hatto bundan ham uzoqroq".
"Buning (Iroq va Afg‘onistondan — tahr.) farqi shundaki, prezident nimaga erishmoqchi ekanini aniq belgilagan va mamlakatni ravshan maqsadsiz, ko‘p yillik mojaroga tortilishiga hech qanday yo‘l qo‘ymaydi".
Davlat kotibi yordamchisi Mora Namdar:
"Davlat departamenti amerikaliklarni xavfsizlikka jiddiy tahdidlar sababli sanab o‘tilgan mamlakatlardan zudlik bilan chiqib ketishga chaqiradi".
AQSh fuqarolari Bahrayn, Misr, Eron, Iroq, Isroil, Iordaniya, Kuvayt, Livan, O‘mon, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya, BAA va Yamanni tark etishga chaqirildi.
Isroil pozitsiyasi
Binyamin Netanyaxu:
"Tuganmas urush bo‘lmaydi. Bu tezkor va qat’iy operatsiya bo‘ladi".
"Biz yomon yigitlar bilan jang qilyapmiz. Biz yaxshi yigitlarmiz".
U Trampni urushga tortgani haqidagi iddaolarni "bema’nilik" deb atadi va uni Amerika uchun to‘g‘ri deb bilgan ishini qilayotganini ta’kidladi.
Xalqaro reaksiya
NATO bosh kotibi Mark Rutte alyans zarbalarni qo‘llab-quvvatlashini, ammo harbiy ishtirok rejalashtirilmayotganini bildirdi.
Xitoyning AQShdagi elchixonasi vakili Lyu Penyuy RIA Novostiga suveren davlat rahbarini ochiqchasiga o‘ldirish va hokimiyat almashinuvini qo‘zg‘atish nomaqbul ekanligini bildirdi.
Buyuk Britaniyaning M I6 razvedka xizmatining sobiq rahbari Jon Soyers so‘zlariga ko‘ra Tehronda hokimiyat almashishi haqidagi ssenariy bu uydurma va fantastika.
Yaman shimolidagi “Ansor Alla” harakati, “Izvestiya” manbasiga ko‘ra, hozircha mojaroga aralashish niyatida emas, chunki Eron bosimga mustaqil qarshi tura oladi.
Rossiyskie flagi, ustanovlennie v Moskve ko Dnyu gosudarstvennogo flaga Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2026
AQSh va Isroil Eron–arab davlatlar munosabatlarini izdan chiqarishga urinmoqda — Rossiya TIV
Yangiliklar lentasi
0