https://oz.sputniknews.uz/20250823/ayol-mashinistlar-51400643.html
Toshkent metrosida birinchi ayol mashinistlar ish boshladi
Toshkent metrosida birinchi ayol mashinistlar ish boshladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyadan keyin metroda ayol mashinistlar ham ishlaydiganMDHda ikkinchi mamlakat bo‘ldi. 23.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-23T18:14+0500
2025-08-23T18:14+0500
2025-08-23T18:15+0500
video
o‘zbekiston
metro
toshkent
ayollar
birinchi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/17/51449815_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_ba7e71d51753f0483b0674a2a0a10517.png
Toshkent metrosida birinchi ayol mashinistlar ish boshladi. Ularni tayyorlash 2024-yil mayidan yo‘lga qo‘yilgandi. Bu kasbni o‘rganish istagida bo‘lganlarnimetropolitenning turli bo‘lim va xizmatlaridagi xodimlar orasidan tanlab olindi. Qat’iy tanlov jarayoni — suhbat, tibbiy ko‘rik va ruhiy-fiziologik tekshiruvdan 16 nafar nomzod muvaffaqiyatli o‘tdi. Ular orasida Shahnoza Berdiyorova ham bor.Qizlar 11 oy davomida Metropoliten xodimlarini tayyorlash ilmiy-innovatsion markazi — Metroilmda qattiqqo‘l va tajribali ustozlardan ta’lim oldilar. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar Toshkent davlat transport universiteti hamda poytaxtdagi transport texnikumida ham o‘tkazildi. Bu vaqt mobaynida ular pnevmatik elektr uskunalaridan tortib Toshkent metropolitenidan texnik foydalanish qoidalarigacha ko‘p narsalarni o‘rganishdi. So‘ng imtihonlar topshirildi, yana ustozlar rahbarligida uch oylik amaliyot o‘tkazildi va yakuniy imtihon bo‘lib o‘tdi.“Metropoliten ilmiy innovatsion markazini a’lo baholar bilan tamomlab dublorlik lavozimga liniyaga ishga qo‘yildim. Bu ish vaqtida ustozlarim menga amaliy bilimlarni mustahkamlab berdilar. Poyezdni boshqarish, undagi nosozliklarni bartaraf etish, shuningdek liniyada harakatlanishni mashinistning xatti-harakatlari va uning majburiyatlari, ularga qo‘yilgan talablarni mukammal o‘rgatdilar”, - deydi Shahnoza Berdiyorova.Ikki hafta oldin Shahnoza imtihon topshirdi va endi metroda elektropoyezdni mustaqil boshqarmoqda. Xuddi kurslarning boshqa bitiruvchisi Shahnoza Sharapova kabi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, qizlar aynan shu kasbni tanlaganidan hech afsuslanmaydi.Toshkent metrosida elektropoyezdni hozircha faqat ikkita ayol mustaqil boshqarmoqda. Ayni paytda ular boshqarayotgan elektropoyezdlarda O‘zbekiston liniyasida sayohat qilish mumkin. Qolgan ayollar esa imtihonlarga va kelajakdagi ishga tayyorlanishib dublor sifatida ishlashda davom etmoqda.Toshkent metrosida ayol mashinistlar qanday faoliyat yuritayotgani haqida batafsil ma’lumotni Sputnik videosida tomosha qiling.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/17/51449815_301:0:1741:1080_1920x0_80_0_0_d2e2ab374b5fbaaec775993a48217dff.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, o‘zbekiston, metro, video, toshkent, ayollar, birinchi
video, o‘zbekiston, metro, video, toshkent, ayollar, birinchi
Toshkent metrosida birinchi ayol mashinistlar ish boshladi
18:14 23.08.2025 (yangilandi: 18:15 23.08.2025) Eksklyuziv
O‘zbekiston Rossiyadan keyin metroda ayol mashinistlar ham ishlaydiganMDHda ikkinchi mamlakat bo‘ldi.
Toshkent metrosida birinchi ayol mashinistlar ish boshladi. Ularni tayyorlash 2024-yil mayidan yo‘lga qo‘yilgandi. Bu kasbni o‘rganish istagida bo‘lganlarnimetropolitenning turli bo‘lim va xizmatlaridagi xodimlar orasidan tanlab olindi. Qat’iy tanlov jarayoni — suhbat, tibbiy ko‘rik va ruhiy-fiziologik tekshiruvdan 16 nafar nomzod muvaffaqiyatli o‘tdi. Ular orasida Shahnoza Berdiyorova ham bor.
“Metropolitenda uch yildan beri ishlayman. Ish faoliyatim davomida mashinist kasbiga qiziqishim ortdi. Bunga sabab texnika va transportga qiziqishim. Mashinistlarni o‘zini tutishi, xatti-harakatlari, ularni pultda poyezdlarni boshqarishni ko‘rib katta havas qilar edim”, - deydi u.
Qizlar 11 oy davomida Metropoliten xodimlarini tayyorlash ilmiy-innovatsion markazi — Metroilmda qattiqqo‘l va tajribali ustozlardan ta’lim oldilar. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar Toshkent davlat transport universiteti hamda poytaxtdagi transport texnikumida ham o‘tkazildi. Bu vaqt mobaynida ular pnevmatik elektr uskunalaridan tortib Toshkent metropolitenidan texnik foydalanish qoidalarigacha ko‘p narsalarni o‘rganishdi. So‘ng imtihonlar topshirildi, yana ustozlar rahbarligida uch oylik amaliyot o‘tkazildi va yakuniy imtihon bo‘lib o‘tdi.
“Metropoliten ilmiy innovatsion markazini a’lo baholar bilan tamomlab dublorlik lavozimga liniyaga ishga qo‘yildim. Bu ish vaqtida ustozlarim menga amaliy bilimlarni mustahkamlab berdilar. Poyezdni boshqarish, undagi nosozliklarni bartaraf etish, shuningdek liniyada harakatlanishni mashinistning xatti-harakatlari va uning majburiyatlari, ularga qo‘yilgan talablarni mukammal o‘rgatdilar”, - deydi Shahnoza Berdiyorova.
Ikki hafta oldin Shahnoza imtihon topshirdi va endi metroda elektropoyezdni mustaqil boshqarmoqda. Xuddi kurslarning boshqa bitiruvchisi Shahnoza Sharapova kabi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, qizlar aynan shu kasbni tanlaganidan hech afsuslanmaydi.
“Mashinist kasbida mas’uliyat katta, 1000 kishidan ortiq yo‘lovchilarni tashish, xavfsizligini ta’minlash, 140 tonnadan ortiq bo‘lgan yukni boshqarish katta mas’uliyatni talab qiladi”, — deydi u.
Toshkent metrosida elektropoyezdni hozircha faqat ikkita ayol mustaqil boshqarmoqda. Ayni paytda ular boshqarayotgan elektropoyezdlarda O‘zbekiston liniyasida sayohat qilish mumkin. Qolgan ayollar esa imtihonlarga va kelajakdagi ishga tayyorlanishib dublor sifatida ishlashda davom etmoqda.
Toshkent metrosida ayol mashinistlar qanday faoliyat yuritayotgani haqida batafsil ma’lumotni Sputnik videosida tomosha qiling.