https://oz.sputniknews.uz/20260305/uy-joy-taminlash-ozgarishlar-56111204.html
O‘zini o‘zi band qilganlarga ham ipoteka: uy-joy bilan ta’minlashda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi
O‘zini o‘zi band qilganlarga ham ipoteka: uy-joy bilan ta’minlashda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlash va ko‘p kvartirali uylar qurilishini jadallashtirish bo‘yicha prezident farmoni qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, ayrim o‘zini o‘zi band qilganlar ham ipoteka olishi mumkin.
2026-03-05T10:45+0500
2026-03-05T10:45+0500
2026-03-05T10:55+0500
o‘zbekiston
jamiyat
qurilish
kredit
ko‘p kvartirali uylar
yangi qonun
o‘zini o‘zi band qilganlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15662271_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_bcb924beb768ba4fd35655a917ad8523.jpg
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.Hujjat aholini uy-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini rag‘batlantirishga qaratilgan.Farmonning asosiy maqsadlari:Mazkur massivlarda yo‘l-transport infratuzilmasi qurilishida:Shuningdek, “yashil” transport muhitini shakllantirish rejalashtirilgan.Farmonga muvofiq, tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradigan investitsiya kompaniyalari tashkil etiladi.Ipoteka dasturi doirasida bir qator yangiliklar joriy etiladi.Jumladan:Bunda:
https://oz.sputniknews.uz/20251121/uy-joy-qurilishi-ipoteka-53633729.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/17/15662271_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_291dcb8d793da257786fa9c42a9d830e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ipoteka o‘zbekiston, o‘zini o‘zi band qilganlar ipoteka, uy-joy dasturi, yangi o‘zbekiston massivlari, ipoteka krediti, mirziyoyev farmoni, uy-joy qurilishi, ko‘p kvartirali uylar, subsidia idm uz, uy-joy siyosati o‘zbekiston, ipoteka yangiliklari, o‘zbekiston uy-joy dasturi
ipoteka o‘zbekiston, o‘zini o‘zi band qilganlar ipoteka, uy-joy dasturi, yangi o‘zbekiston massivlari, ipoteka krediti, mirziyoyev farmoni, uy-joy qurilishi, ko‘p kvartirali uylar, subsidia idm uz, uy-joy siyosati o‘zbekiston, ipoteka yangiliklari, o‘zbekiston uy-joy dasturi
O‘zini o‘zi band qilganlarga ham ipoteka: uy-joy bilan ta’minlashda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi
10:45 05.03.2026 (yangilandi: 10:55 05.03.2026) Aholini uy-joy bilan ta’minlash va uylar qurilishini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Farmonga ko‘ra, ayrim o‘zini o‘zi band qilganlar ham ipoteka kreditlaridan foydalanishi mumkin.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda prezident farmoni
qabul qilindi.
Hujjat aholini uy-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Farmonning asosiy maqsadlari:
uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqini ta’minlash;
ko‘p kvartirali uylar bozorida talabga mos taklifni oshirish;
yer ajratish va ruxsat berish jarayonlarini soddalashtirib, investitsiya-qurilish davrini 1,5 baravargacha qisqartirish.
Farmonga ko‘ra, hududlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun tanlab olingan yangi hududlarga ushbu maqom berilib, ularga amaldagi tartiblar va moliyalashtirish mexanizmlari tatbiq etiladi.
Mazkur massivlarda yo‘l-transport infratuzilmasi qurilishida:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
energiya tejovchi uskunalar;
muqobil issiqlik tizimlari qo‘llaniladi.
Shuningdek, “yashil” transport muhitini shakllantirish rejalashtirilgan.
Farmonga muvofiq, tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradigan investitsiya kompaniyalari tashkil etiladi.
Ipoteka dasturi doirasida bir qator yangiliklar joriy etiladi.
uy sotib olish uchun subsidiya ajratiladigan fuqarolarni baholash jarayoni subsidiya.idm.uz platformasi orqali inson omilisiz avtomatlashtiriladi;
1 apreldan budjet resurslari hisobidan ipoteka kreditlari rasmiy daromadga ega fuqarolarga, shuningdek, ijtimoiy soliqni ixtiyoriy to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga ham ajratiladi.
2026 yilda — oxirgi 1-yil davomida,
2028 yildan — 3-yil davomida ijtimoiy soliqni to‘liq to‘laganlar ipoteka olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.