O‘zbekistonda uy-joy qurilishi 2 baravarga, ipoteka esa 10 baravarga oshiriladi

© Sputnik / Baxrom XatamovStroitelstvo mnogoetajki
Stroitelstvo mnogoetajki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Obuna bo‘lish
Yangi farmon bilan yillik qurilish hajmini 421 ming xonadongacha oshirish, ipoteka portfelini 10 baravarga — 56,7 mlrd dollargacha kengaytirish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘zbekiston 2040-yilga borib uy-joy qurilishi hajmini ikki baravarga, ipoteka kreditlarini esa 10 baravarga oshiradi. Bu prezident imzolagan “Uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” farmonda belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, 2040-yilgacha quyidagilar rejalashtirilgan:
har yili quriladigan uy-joylar sonini 2 baravarga oshirib, 421 mingta obyektga yetkazish;
ipoteka portfelini 10 baravardan ziyod — 56,7 mlrd dollargacha ko‘paytirish;
uy-joy fondidagi zamonaviy uy-joylar ulushini 50 foizga yetkazish;
"Yangi O‘zbekiston" massivlari qurilishini kengaytirish va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash.
Shu bilan birga, uy-joy bozoriga bank moliyasi va institutsional investorlar mablag‘larini, shu jumladan, ipoteka kreditidan foydalangan holda jalb etish, ulushli qurilishga sarmoya kiritayotgan jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qilish va Uy-joyning yagona hayotiy sikli tamoyili asosida kompleks isloh qilish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda 2040-yilgacha bo‘lgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, maqsadli ko‘rsatkich hamda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Qurib bitkazilmagan uy-joylar hamda sanoat hududlarini birinchi navbatda qurilishga jalb etish tartibi joriy etiladi. Qurilish ekologik toza mahsulotlar hamda energiya tejovchi texnologiyalar orqali uy-joy massivlarining muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmasini oldindan barpo etishni nazarda tutadigan kompleks qurilish tamoyili asosida tashkil etiladi.
Kompleks qurilish tamoyili doirasida quyidagilar ta’minlanadi:
kompleks qurilish dasturlarini faqat ochiq va batafsil ishlab chiqilgan rejalar asosida tayyorlash;
ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish dasturlariga kiritish yoki boshqa loyihalarga jalb etish hamda ularning maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik;
kompleks qurilish loyihalariga kiritiladigan yer uchastkalari, ko‘chmas mulk obyektlari va ularning huquq egalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni taqdim etish;
loyihalarni amalga oshirishda hududlarning kelgusidagi ijtimoiy ehtiyojlarini inobatga oluvchi kompleks yondashuvdan foydalanish;
ko‘chmas mulk obekti egasining u joylashgan yer uchastkasiga ijara yoki mulk huquqida egalik qilish bo‘yicha mutlaq huquqini kafolatlash.
Qurilish sohasidagi barcha yangi meyoriy hujjatlar 2040-yilgacha tasdiqlangan Uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari asosida ishlab chiqiladi.
O‘zbekistonda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashkil etildi. U urbanizatsiya, uy-joy qurilishi, renovatsiya va ipoteka sohasida davlat siyosatini amalga oshirib, dasturlarni muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Qo‘mita o‘z faoliyatini hukumat bilan uzviy hamkorlikda tashkil etadi va amalga oshiradi. Milliy qo‘mita faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida samarali va barqaror uy-joy siyosatini ishlab chiqish, renovatsiya dasturlarini samarali amalga oshirish hamda Yangi O‘zbekiston massivlarini qurishni muvofiqlashtirish belgilangan.
Stroitelstvo mnogoetajki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Zilzilabardoshlik oshiriladi: Hukumat loyihalash va ilmiy xulosa berish tartibini yangiladi
Yangiliklar lentasi
0