Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga uringanlar ushlandi

© Press-slujba SGBV Yunusabade zaderjani litsa, pitavshiyesya prodat 2 gektara zemli za 9 mln dollarov
V Yunusabade zaderjani litsa, pitavshiyesya prodat 2 gektara zemli za 9 mln dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2026
Obuna bo‘lish
Gumonlanuvchilar oldindan 200 ming dollar olgan vaqtda ushlangan.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Toshkent shahrida 9 million dollarlik yer maydonini noqonuniy sotishga urinish holati fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1953-yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan ayol 1982-yilda tug‘ilgan tanishi bilan til biriktirgan. Ular Yunusobod tumanida tadbirkorlik subyektiga tegishli, ammo hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini 9 mln dollarga sotishga kelishgan.
Shuningdek, ular mansabdor tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib, yerni turar joy toifasiga o‘tkazib berishni va’da qilgan.
Bu xizmat evaziga xaridordan oldindan 200 ming dollar olgan vaqtlarida DXXning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berishda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Amerikanskaya valyuta v konverte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2025
Samarqand viloyatida 300 ming dollar evaziga yer ajratishni va’da qilgan fermer ushlandi
Yangiliklar lentasi
0