https://oz.sputniknews.uz/20260304/usa-iran-mojaro-56092237.html
AQSh – Eron mojarosi: kuchlar taqqosi, raketa va qo‘llanilgan o‘q-dorilar soni
AQSh – Eron mojarosi: kuchlar taqqosi, raketa va qo‘llanilgan o‘q-dorilar soni
Sputnik O‘zbekiston
AQSh–Eron mojarosida harbiy kuchlar, raketa arsenali va tomonlar ittifoqchilari tahlil qilinmoqda. AQSh operatsiyasida 50 ming harbiy va 200 samolyot ishtirok etmoqda, Eron esa minglab raketa va dronlarga ega.
2026-03-04T12:46+0500
2026-03-04T12:46+0500
2026-03-04T13:12+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
isroil
fransiya
zenit-raketa komplekslari
aviatashuvchi
dron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/04/56092428_0:98:1426:900_1920x0_80_0_0_e481cb6ac274d00def1c1617486aaad6.jpg
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. AQShning Eronga qarshi operatsiyasida 50 nafar mingdan ortiq harbiy xizmatchi va 200 ta qiruvchi samolyot ishtirok etmoqda. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari general Bredli Kuper ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyada ikkita aviatashuvchi, B-1 va B-2 strategik bombardimonchi samolyotlari, B-52 samolyotlari, shuningdek, bir qator dengiz va havo kuchlari ishtirok etmoqda. Yaqin vaqtda mintaqaga qo‘shimcha kuchlar kelishi kutilmoqda.Kuper keltirgan asosiy raqamlar:Isroil mudofaa armiyasining ma’lum qilishicha, operatsiya boshlanganidan beri Isroil aviatsiyasi 300 taga yaqin Eron raketasini yo‘q qilgan va mamlakat bo‘ylab 4000 ta o‘q-dori qo‘llagan.Tahlilchilarga ko‘ra, Eronning ballistik raketa arsenali 1500–3000 ta atrofida deb baholanadi, ayrim hisob-kitoblarda bu raqam 4000 tagacha yetishi mumkin.Shu bilan birga, RIA Novosti hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari "Tomahawk" qanotli raketalarining taxminan 4000 dona zaxirasiga ega.Avvalroq CNN telekanali AQShning raketa zaxiralari, jumladan, "Tomahawk", tugab borayotgani haqida xabar bergan edi.Shu bilan birga, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kiprga havo mudofaa tizimlari va “Langedok” fregati yuborilishini ma’lum qildi. Shuningdek, “Sharl de Goll” aviatashuvchisi O‘rta yer dengiziga yo‘naltirilmoqda.Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududidagi bir qator obyektlarga, jumladan, Tehronga zarba bergan edi. Eron esa Isroil hududiga va Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlariga javob zarbalari bermoqda. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dushman 680 nafardan ortiq harbiysini yo‘qotganini ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260303/iran-mojaro-bayonotlar-56066443.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/04/56092428_79:0:1279:900_1920x0_80_0_0_aa8f6dca4ddd40748942e439691a9538.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh eron mojarosi, aqsh eron urushi, eron raketa arsenali, aqsh harbiy operatsiyasi, centcom, bredli kuper, tomahawk raketa, isroil eron mojarosi, yaqin sharq mojarosi, aqsh eron kuchlar taqqosi
aqsh eron mojarosi, aqsh eron urushi, eron raketa arsenali, aqsh harbiy operatsiyasi, centcom, bredli kuper, tomahawk raketa, isroil eron mojarosi, yaqin sharq mojarosi, aqsh eron kuchlar taqqosi
AQSh – Eron mojarosi: kuchlar taqqosi, raketa va qo‘llanilgan o‘q-dorilar soni
12:46 04.03.2026 (yangilandi: 13:12 04.03.2026) AQSh–Eron mojarosi keskinlashmoqda. Tomonlar minglab raketa, dron va yuzlab harbiy texnikalardan foydalanmoqda. Ekspertlar harbiy kuchlar taqqosini tahlil qilmoqda.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. AQShning Eronga qarshi operatsiyasida 50 nafar mingdan ortiq harbiy xizmatchi va 200 ta qiruvchi samolyot ishtirok etmoqda. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari general Bredli Kuper
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyada ikkita aviatashuvchi, B-1 va B-2 strategik bombardimonchi samolyotlari, B-52 samolyotlari, shuningdek, bir qator dengiz va havo kuchlari ishtirok etmoqda. Yaqin vaqtda mintaqaga qo‘shimcha kuchlar kelishi kutilmoqda.
Kuper keltirgan asosiy raqamlar:
2000 taga yaqin nishonga zarba berilgan;
yuzlab raketa uchirish qurilmalari yo‘q qilingan;
17 ta Eron harbiy kemasi, jumladan, suv osti kemasi yo‘q qilingan;
Fors ko‘rfazi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Eron kemalari qolmagan.
Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, Eron javob sifatida 500 tadan ortiq ballistik raketa va 2 mingtadan ortiq dron uchirgan.
Isroil mudofaa armiyasining ma’lum qilishicha, operatsiya boshlanganidan beri Isroil aviatsiyasi 300 taga yaqin Eron raketasini yo‘q qilgan va mamlakat bo‘ylab 4000 ta o‘q-dori qo‘llagan.
Tahlilchilarga ko‘ra, Eronning ballistik raketa arsenali 1500–3000 ta atrofida deb baholanadi, ayrim hisob-kitoblarda bu raqam 4000 tagacha yetishi mumkin.
Shu bilan birga, RIA Novosti hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari "Tomahawk" qanotli raketalarining taxminan 4000 dona zaxirasiga ega.
Avvalroq CNN telekanali AQShning raketa zaxiralari, jumladan, "Tomahawk", tugab borayotgani haqida xabar bergan edi.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda Eron kurd muxolifati kuchlari Eron g‘arbidagi quruqlik operatsiyasida ishtirok etishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, MRB Eronda xalq qo‘zg‘olonini qo‘zg‘atish maqsadida kurd kuchlarini qurollantirish ustida ishlamoqda.
Shu bilan birga, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kiprga havo mudofaa tizimlari va “Langedok” fregati yuborilishini ma’lum qildi. Shuningdek, “Sharl de Goll” aviatashuvchisi O‘rta yer dengiziga yo‘naltirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududidagi bir qator obyektlarga, jumladan, Tehronga zarba bergan edi. Eron esa Isroil hududiga va Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlariga javob zarbalari bermoqda. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dushman 680 nafardan ortiq harbiysini yo‘qotganini ma’lum qildi.