Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston infratuzilmaviy loyihalariga 2026-yilda 150 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Qoraqalpog‘istondagi infratuzilma loyihalari uchun 2026-yilda 150 milliard so‘m, kelgusi yillarda markazlashgan ichimlik suv ta’minotini yaxshilashga 2,2 trillion so‘m yo‘naltirilishi, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari, suv taqsimlash va tozalash inshootlari hamda yo‘l qurilishi loyihalariga 200 million dollar jalb qilinishi belgilandi.
Respublikani rivojlantirishning quyidagi ustuvor vazifalari belgilab olindi:
Kelgusi 5-yilda iqtisodiyot hajmini 102,5 trillion so‘mga (2025 yilda 54,3 trillion so‘m bo‘lgan), aholi jon boshiga esa 51 million so‘mga yetkazish;
Sanoat, xizmatlar va turizm eksportini 900 million dollarga yetkazish (2025 yilda 435 million dollar bo‘lgan).
Ishsizlik darajasini 4,2 foizgacha, kambag‘allikni 3,2 foizgacha pasaytirish, “Og‘ir” toifadagi tuman va 90 ta mahallada kambag‘allikni 2 barobar qisqartirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga avval berilgan imtiyozlar muddatini uzaytirish;
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmini 2,5 barobar oshirish (2025 yilda $2,5 mlrd).
Hudud iqlimga mos yangi ekin turlarini topib, ularni yetishtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tajribalarni yo‘lga qo‘yish. Jumladan farmatsevtika uchun dorivor giyohlar yetishtirish va eksport qilish;
Yaylovlardan samarali foydalanish, chorva ozuqalarini yetishtirish va saqlashni yo‘lga qo‘yish;
“Borsa kelmas” tuz koni hududida turizm-rekreatsion zonasi, Orolbo‘yi va Usturt platosida Mars sayyorasi manzarasini eslatuvchi nuqtalarda glemping zonalari tashkil etish;
2027 yil yakunigacha Qo‘ng‘irotda xalqaro standartlarga javob beradigan “quruq port” maqomiga ega Orol logistika markazini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti so‘nggi 8-yil davomida jon boshiga YaIM ko‘rsatgichi bo‘yicha eng oxirgi o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tarilgani, sanoat mahsulotlari eksporti 4 foizdan 30 foizga yetgani va umumiy eksport 2016-yilga nisbatan 3,5 karra oshib, 2,1 milliard dollarga yetgan.