https://oz.sputniknews.uz/20260301/uzbekistan-dzyudochilar-medal-56034298.html
Toshkentdagi “Katta dubulg‘a”da O‘zbekiston dzudochilari 3 ta medal qo‘lga kiritdi
Toshkentdagi “Katta dubulg‘a”da O‘zbekiston dzudochilari 3 ta medal qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda o‘tayotgan dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining ilk kuni O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta medal qo‘lga kiritdi. Shahram Ahadov kumush, Murodjon Yo‘ldoshev va Elbek Tojiyev bronza sohibiga aylandi.
2026-03-01T10:09+0500
2026-03-01T10:09+0500
2026-03-01T10:09+0500
sport
milliy olimpiya qo‘mitasi
dzudo
tojikiston
kumush medal
bronza medal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/01/56033916_0:0:2560:1441_1920x0_80_0_0_85b4e99fe57aa40c90add29c19da861b.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Toshkentda boshlangan dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri musobaqalarining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.-73 kg vazn toifasida Shahram Ahadov finalgacha ishonchli yetib bordi, ammo hal qiluvchi bellashuvda tojikistonlik Orif Abdulloiga mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan cheklandi.-73 kg vazn toifasida bronza uchun kechgan bahs ikki o‘zbekistonlik sportchi — Muhammad Jumayev va Elbek Tojiyev o‘rtasida o‘tdi. Qiziqarli va keskin kurashda Tojiyev ustun kelib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.-81 kg vazn toifasida Murodjon Yo‘ldoshev bronza medalini qo‘lga kiritdi. U shohsupa uchun bahsda Arslon Tojiyevni mag‘lub etdi.Eslatib o‘tamiz, turnirning tantanali ochilish marosimi 28-fevral kuni Toshkentdagi “Humo arena” majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer, O‘zbekiston Sport vazirligi, MOQ hamda mamlakat dzudo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260226/dzyudo-federatsiya-prezident-tashkent-tashrif-55948765.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/01/56033916_0:0:2276:1707_1920x0_80_0_0_a414bd3538fc1cf7cf903b15b42d1a87.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, o‘zbekiston, “katta dubulg‘a”, dzudo, humo arena, shahram ahadov, murodjon yo‘ldoshev, elbek tojiyev, orif abdulloi, xalqaro dzudo federatsiyasi, marius vizer, moq, sport vazirligi
toshkent, o‘zbekiston, “katta dubulg‘a”, dzudo, humo arena, shahram ahadov, murodjon yo‘ldoshev, elbek tojiyev, orif abdulloi, xalqaro dzudo federatsiyasi, marius vizer, moq, sport vazirligi
Toshkentdagi “Katta dubulg‘a”da O‘zbekiston dzudochilari 3 ta medal qo‘lga kiritdi
Toshkentdagi dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta medal qo‘lga kiritdi — 1 kumush va 2 bronza.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Toshkentda boshlangan dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri musobaqalarining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati
xabar berdi.
-73 kg vazn toifasida Shahram Ahadov finalgacha ishonchli yetib bordi, ammo hal qiluvchi bellashuvda tojikistonlik Orif Abdulloiga mag‘lub bo‘lib, kumush medal bilan cheklandi.
-73 kg vazn toifasida bronza uchun kechgan bahs ikki o‘zbekistonlik sportchi — Muhammad Jumayev va Elbek Tojiyev o‘rtasida o‘tdi. Qiziqarli va keskin kurashda Tojiyev ustun kelib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
-81 kg vazn toifasida Murodjon Yo‘ldoshev bronza medalini qo‘lga kiritdi. U shohsupa uchun bahsda Arslon Tojiyevni mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, turnirning tantanali ochilish marosimi 28-fevral kuni Toshkentdagi “Humo arena” majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer, O‘zbekiston Sport vazirligi, MOQ hamda mamlakat dzudo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.