https://oz.sputniknews.uz/20260226/dzyudo-federatsiya-prezident-tashkent-tashrif-55948765.html
Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti Toshkentga keldi
Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti Toshkentga keldi
Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer Toshkentda o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turniri doirasida rasmiy tashrif bilan poytaxtga keldi.
2026-02-26T09:20+0500
2026-02-26T09:20+0500
2026-02-26T10:04+0500
o‘zbekiston
sport
dzudo
milliy olimpiya qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/1a/55948566_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_964bd931316d669b571243910540d47e.jpg
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirining faxriy mehmoni — Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer poytaxtga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat dzudo federatsiyasi rahbariyati kutib oldi.“Katta dubulg‘a” turniri Olimpiya reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqa bo‘lib, undagi natijalar sportchilarning xalqaro reytingdagi o‘rniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumot uchun, International Judo Federation (IJF) — 1951-yilda tashkil etilgan xalqaro sport tashkiloti bo‘lib, dunyo bo‘ylab dzudo sport turini boshqaradi. Federatsiya tarkibiga 200 tadan ortiq milliy federatsiya a’zo. IJF jahon chempionatlari, “Katta dubulg‘a”, “Gran-pri” va boshqa yirik xalqaro musobaqalarni tashkil etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260125/anoc-rahbar-orinbosar-tashkent-assambleya-55247536.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/1a/55948566_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_2911c2236a237e7a0cbea0aaed516200.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, o‘zbekiston, ijf, marius vizer, dzudo, katta dubulg‘a, olimpiya reytingi, sport, xalqaro turnir, milliy olimpiya qo‘mitasi
toshkent, o‘zbekiston, ijf, marius vizer, dzudo, katta dubulg‘a, olimpiya reytingi, sport, xalqaro turnir, milliy olimpiya qo‘mitasi
Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti Toshkentga keldi
09:20 26.02.2026 (yangilandi: 10:04 26.02.2026) Dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri oldidan Xalqaro dzudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer rasmiy tashrif bilan poytaxtga yetib keldi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turnirining faxriy mehmoni — Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer poytaxtga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat dzudo federatsiyasi rahbariyati kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, 27-fevral-1 mart kunlari Toshkent shahrida dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa IJF taqvimidagi nufuzli reyting turnirlaridan biri hisoblanadi. Unda dunyoning barcha qit’alaridan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
“Katta dubulg‘a” turniri Olimpiya reyting ochkolarini taqdim etadigan musobaqa bo‘lib, undagi natijalar sportchilarning xalqaro reytingdagi o‘rniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, International Judo Federation (IJF) — 1951-yilda tashkil etilgan xalqaro sport tashkiloti bo‘lib, dunyo bo‘ylab dzudo sport turini boshqaradi. Federatsiya tarkibiga 200 tadan ortiq milliy federatsiya a’zo. IJF jahon chempionatlari, “Katta dubulg‘a”, “Gran-pri” va boshqa yirik xalqaro musobaqalarni tashkil etadi.