Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin

© Depositphotos / peshkovaVoditel za rulem avtomobilya
Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2026
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligi yo‘llarda noqonuniy poygalarni tashkil etish oqibatida vujudga kelayotgan YTHlarning oldini olish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 27 fev – Sputnik. O‘zbekistonda noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan noqonuniy poygalarni tashkil etganlik va unda ishtirok etganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda yo‘llarda noqonuniy tashkil etilayotgan poygalar yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligiga, aholining osoyishtaligiga jiddiy xavf solib, inson o‘limigacha bo‘lgan o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Bu esa aholining, shu jumladan yo‘l harakati ishtirokchilarining haqli e’tirozlari va xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.
“Shuni inobatga olib, Adliya vazirligi yo‘llarda noqonuniy poygalarni tashkil etish oqibatida vujudga kelayotgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun kiritgan”, - deyilgan xabarda.
Mazkur qonun loyihasi belgilangan tartibda kelishilganidan so‘ng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
Pat chelovek pogibli v rezultate stolknoveniya gruzovika i legkovogo avtomobilya v Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2025
Jizzaxda ayanchli YTH: besh kishi halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0