Jizzaxda ayanchli YTH: besh kishi halok bo‘ldi

© Foto : press-slujba Djizakskogo oblastnogo UVDPat chelovek pogibli v rezultate stolknoveniya gruzovika i legkovogo avtomobilya v Djizakskoy oblasti
Pat chelovek pogibli v rezultate stolknoveniya gruzovika i legkovogo avtomobilya v Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2025
Obuna bo‘lish
"Lacetti" va yuk mashinasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasiga yo‘l bermaslik sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yuk mashinasi va yengil avtomobil to‘qnashishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 21-noyabr kuni soat 23:50 lar atrofida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 “Toshkent-Termiz” yo‘lining 989 km da ro‘y bergan.
22 yoshli “Isuzu” yuk mashinasi haydovchisi gaz quyish shoxobchasidan chiqayotgan vaqtda Toshkent–Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “Lacetti” yuk mashinasiga borib urilgan.
Natijada “Lacetti”ning dvigatel qismidan yong‘in kelib chiqib, avtomashina to‘liq yongan. “Lacetti” haydovchisi hamda salondagi 4 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa “Isuzu” haydovchisi yo‘l bermagani va “Harakatlanish o‘ngga” yo‘l belgisi talablariga bo‘ysunmagani sabab sodir bo‘lgan.
Hozir jinoiy ish ochilgan. Tergov ketapti.
Gorashiy avtomobil. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2025
Angrenda ayanchli YTH: 7 kishi halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0