Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismda bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Surxandarinskuyu oblast posetil voinskuyu chast
Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Surxandarinskuyu oblast posetil voinskuyu chast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2026
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarni, shu jumladan, zamonaviy havo hujumidan mudofaa komplekslarini ko‘zdan kechirdi.
TOShKENT, 27 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida harbiy qismda ham bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur qismda ham harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. O‘quv binolari, oshxona, yotoqxona, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport shaharchasi eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlangan.
Hozirgi kunda turli mintaqaviy mojarolarda sun’iy intellekt, robot, raketa, dron va ularga qarshi vositalar keng qo‘llanmoqda. Shundan kelib chiqib, Oliy bosh qo‘mondon tomonidan qo‘shinlarda dronlar va ularga qarshi kurashish, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qo‘llash va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalarni tashkil etish vazifasi qo‘yilgan edi.
Bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, milliy armiya zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta’minlanmoqda.
Davlat rahbari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarni, shu jumladan, zamonaviy havo hujumidan mudofaa komplekslarini ko‘zdan kechirdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Surxandarinskuyu oblast posetil voinskuyu chast - Sputnik O‘zbekiston
1/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Surxandarinskuyu oblast posetil voinskuyu chast - Sputnik O‘zbekiston
2/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Surxandarinskuyu oblast posetil voinskuyu chast - Sputnik O‘zbekiston
3/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Surxandarinskuyu oblast posetil voinskuyu chast - Sputnik O‘zbekiston
4/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Surxandarinskuyu oblast posetil voinskuyu chast - Sputnik O‘zbekiston
5/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Surxandarinskuyu oblast posetil voinskuyu chast - Sputnik O‘zbekiston
6/7
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Surxandarinskuyu oblast posetil voinskuyu chast - Sputnik O‘zbekiston
7/7
1/7
2/7
3/7
4/7
5/7
6/7
7/7
Milliy armiyani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda zamonaviy qurolli mojarolar, xavfsizlikka mavjud tahdidlar va harbiy harakatlar teatri xususiyatlarini hisobga olish zarurligi ta’kidlandi.
Qurolli Kuchlarning salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning shayligini yuksaltirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini izchil davom ettirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar tayyorgarligi qanday kechadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2026
Dron va raqamli texnologiyalar: O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar qanday tayyorgarlikdan o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0