Dron va raqamli texnologiyalar: O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar qanday tayyorgarlikdan o‘tadi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ustuvor vazifa - jangchilarning tez o‘zgaruvchan jangovar sharoitda zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikani samarali qo‘llash mahoratini takomillashtirish.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Maxsus operatsiyalar kuchlari poligoni Chirchiqda joylashgan. Bu yerda maxsus bo‘linmalar qo‘shinlarini samarali tayyorlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Poligonda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari yil davomida, kunu-tunda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu orqali ular jangovar ko‘nikmalarini takomillashtiradi, shaxsiy tarkibni samarali tayyorlaydi va ularning ma’naviy-ruhiy barqarorligini oshiradi. Harbiy xizmatchilar jangovar va maxsus tayyorgarlikning yangi usullarini o‘zlashtirib, kasbiy malakalarini mustahkamlaydi.
“Bu o‘quv poligonimizda yaqin jangdan uzoq masofagacha olib boriladigan har xil taktik usullar bilan bajariladigan mashg‘ulotlar olib boriladi. Bunda bizda yaqin masofada IPSCga mashqlari, uzoq masofada merganlarimiz hamda guruh qurollari, texnikalarda harakatlanib otish uchun mo‘ljallangan. Asosiy bizda yaqin masofada “Kill House” shaharchamiz tashkil topgan. Bu shaharchada harbiy xizmatchilar kundalik faoliyatda amaliy jangovar tayyorgarlikni olib boradi”, - deb ma’lum qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiyalar kuchlari poligoni yo‘riqchisi.
Bu yerda 20 tadan ortiq inshoot va o‘quv nuqtalari qurilgan. FPV- dronlarini boshqarishni o‘rganish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. 17 ta qismdan tashkil topgan dronodrom mavjud. Bu qismlarning barchasi dushman nishonlariga zarba berishni mashq qiladi.
“Bugungi kunda uchuvchisiz uchish apparatlari razvedkani ta’minlash, o‘t ochishni muvofiqlashtirish va shaxsiy tarkib uchun xavfni kamaytirishda juda katta muhim ahamiyatga ega. Harbiylarimiz uchun dronlardan foydalanibamaliy jangovar mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda”, - dedi poligon murabbiylaridan biri.
Poligonda kichik komandirlarning boshqaruv ko‘nikmalari va zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanib mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini baholashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, tez o‘zgaruvchan jang sharoitida zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikani samarali qo‘llash bo‘yicha harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Maxsus operatsiyalar kuchlari poligonidagi mashg‘ulotlar qanday o‘tayotgani haqida batafsil Sputnik videosida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0