So‘nggi yuz yil va 2050-yil prognozlari: Tojikiston muzliklari keskin qisqarmoqda

© Sputnik / Nikolay VolkovLedniki Tadjikistana
Ledniki Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2026
Obuna bo‘lish
Ushbu muzliklar mintaqaning ko‘plab darolarini, jumladan Amudaryoni suv bilan ta’minlaydi. Ularning erishi daroda suv miqdorining qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Tojikistonda muzliklarning qisqarishi Markaziy Osiyoda suv xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, darolar to‘liq qurib ketishi ehtimoli past bo‘lsa-da, suv oqimining kamayishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Moyonsho Nazarshoyev nomidagi Xorug‘ davlat universiteti professori Akbar Mamadrizoxonov ta’kidlashicha, mamlakat hududining 93 foizini tog‘lar egallaydi va muzliklar darolar oqimini shakllantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Ular mintaqadagi yirik darolar, jumladan Amudaryo havzasining yillik suv hajmining katta qismini ta’minlaydi.
So‘nggi 20-yilda Tojikistonda o‘rtacha harorat 1–1,3 darajaga oshgan. Iqlim modellari asr o‘rtasiga kelib 1,5–2 darajagacha, asr oxirida esa 3–4 darajadan ortiq o‘sishni bashorat qilmoqda. Bu muzliklar erishi sur’atini tezlashtirishi mumkin.
Hozirgi kunda mamlakatda 13 mingdan ortiq muzlik mavjud. So‘nggi yuz yil ichida ularning hajmi 30 foizdan ortiqqa kamaygan. Agar tendensiya saqlansa, 2050-yilgacha yana 15–20 foiz muzlik resurslari yo‘qolishi mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, muzliklar to‘liq yo‘qolib ketsa, darolar ham to‘liq qurib ketadi, deb aytish qiyin. Chunki daryo oqimi yomg‘ir va yer osti suvlari hisobiga ham shakllanadi. Biroq muzliklar hajmining kamayishi darolarda suv kamayishi, qurg‘oqchilik davri uzayishi va qishloq xo‘jaligi hosildorligi pasayishiga olib kelishi mumkin.
Muzliklarning saqlanib qolishi mamlakat aholisining 60 foizdan ortig‘i bog‘liq bo‘lgan qishloq xo‘jaligi sektorining barqarorligiga bevosita bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi yerlarining qariyb 90 foizi sug‘orishni talab qiladi. Ushbu muammo ekinlar hosildorligining 20-30 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, suv resurslari mamlakat gidroenergetika salohiyatining asosini tashkil etadi. Demak, muzliklarning yemirilishi umuman iqtisodiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi.
Mutaxassis fikricha, muzliklarni saqlash nafaqat ekologik, balki iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik hamda kelajak avlodlarning farovonligi masalasi hisoblanadi.
Rechka Sherabad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2025
Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik xavfini kamaytirish uchun 250 mln dollar ajratildi
Yangiliklar lentasi
0