https://oz.sputniknews.uz/20260223/uzbekistan-buryatia-uchrashuv-55890007.html
O‘zbekiston – Buratiya hamkorligi: bosh konsul va respublika rahbari uchrashdi
O‘zbekiston – Buratiya hamkorligi: bosh konsul va respublika rahbari uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Ulan-Udeda O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov va Buratiya rahbari Aleksey Sidenov uchrashdi. Tomonlar savdo, chorvachilik, meva-sabzavot eksporti va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishni muhokama qildi.
2026-02-23T14:48+0500
2026-02-23T14:48+0500
2026-02-23T14:48+0500
rossiya
iqtisod
turizm
biznes
qoraqalpog‘iston
surxondaryo
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/17/55889423_1:0:950:534_1920x0_80_0_0_0f714b8288556a015943b748a40cd6e3.png
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Ulan-Ude shahrida O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Buratiya Respublikasi rahbari Aleksey Sidenov bilan kengaytirilgan tarkibda uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Aleksey Sidenov O‘zbekiston bilan mintaqalararo aloqalar izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, Qoraqalpog‘iston bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil 21–22 oktabr kunlari Moskva viloyatida o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi doirasida Qoraqalpog‘iston va Buratiya o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.O‘zbekiston tomoni meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish, shuningdek, zotdor chorva mollari almashinuvini kengaytirishga qiziqish bildirdi. Biznes missiyalarini muntazam tashkil etish taklif etildi.Uchrashuvda madaniy-gumanitar hamkorlik va turizmni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Rossiya tomoni O‘zbekistondagi buddizmga oid tarixiy yodgorliklarga qiziqish bildirdi. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi Qoratepa va Fayoztepa majmualari ilmiy doiralar uchun katta ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260217/tashkent-delegatsiya-bashkortostan-tashrif-55757795.html
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/17/55889423_119:0:831:534_1920x0_80_0_0_4a9771d8da144c7c23d414aa9abff04b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ulan-ude, buratiya respublikasi, aslam akbarov, aleksey sidenov, qoraqalpog‘iston, o‘zbekiston–rossiya hamkorligi, mintaqalararo aloqalar, meva-sabzavot eksporti, chorvachilik, biznes missiyalar, turizm, qoratepa, fayoztepa, surxondaryo viloyati
ulan-ude, buratiya respublikasi, aslam akbarov, aleksey sidenov, qoraqalpog‘iston, o‘zbekiston–rossiya hamkorligi, mintaqalararo aloqalar, meva-sabzavot eksporti, chorvachilik, biznes missiyalar, turizm, qoratepa, fayoztepa, surxondaryo viloyati
O‘zbekiston – Buratiya hamkorligi: bosh konsul va respublika rahbari uchrashdi
Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va gumanitar sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish, biznes missiyalarini faollashtirish hamda turizmni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Ulan-Ude shahrida O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Buratiya Respublikasi rahbari Aleksey Sidenov bilan kengaytirilgan tarkibda uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi.
Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Aleksey Sidenov O‘zbekiston bilan mintaqalararo aloqalar izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, Qoraqalpog‘iston bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil 21–22 oktabr kunlari Moskva viloyatida o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi doirasida Qoraqalpog‘iston va Buratiya o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.
Buratiya rahbari aloqalar iqtisodiy jihatdan muhimligini ta’kidlab, ayniqsa chorvachilik sohasida faol ish olib borilayotganini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston mutaxassislari Buratiyadagi qurilish loyihalarida ishtirok etayotgani aytildi.
O‘zbekiston tomoni meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish, shuningdek, zotdor chorva mollari almashinuvini kengaytirishga qiziqish bildirdi. Biznes missiyalarini muntazam tashkil etish taklif etildi.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar hamkorlik va turizmni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Rossiya tomoni O‘zbekistondagi buddizmga oid tarixiy yodgorliklarga qiziqish bildirdi. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi Qoratepa va Fayoztepa majmualari ilmiy doiralar uchun katta ahamiyatga ega ekani qayd etildi.