https://oz.sputniknews.uz/20260217/tashkent-delegatsiya-bashkortostan-tashrif-55757795.html
Toshkent viloyati delegatsiyasining Boshqirdistonga tashrifi: Mirzayev orden bilan taqdirlandi
Toshkent viloyati delegatsiyasining Boshqirdistonga tashrifi: Mirzayev orden bilan taqdirlandi
Sputnik O‘zbekiston
Ufa shahrida o‘tgan uchrashuvlarda savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorligi muhokama qilindi. Bekobod tumanida texnopark barpo etish, apiterapiya markazi ochish va qo‘shma investitsiya loyihalari rejalashtirildi.
2026-02-17T12:20+0500
2026-02-17T12:20+0500
2026-02-17T12:20+0500
o‘zbekiston
rossiya
hamkorlik
texnopark
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
boshqirdiston
toshkent viloyati
zoyir mirzayev
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/11/55757562_54:186:2560:1596_1920x0_80_0_0_6c460e8783389239df0f760e5feb98ac.jpg
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Boshqirdiston Respublikasining “Xalqlar do‘stligi” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Mukofot Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov imzolagan farmon asosida hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun berildi.Ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrifda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov ham ishtirok etmoqda. Orden Ufa shahrida tantanali ravishda topshirildi.Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Jumladan, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida O‘zbekiston–Boshqirdiston texnoparki tashkil etish va uning qurilishini 2026-yil bahorida boshlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyatida asalari mahsulotlari asosida davolash markazi (apiterapiya markazi) ochish, Boshqirdistonda maishiy texnika ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, Igli tumanida chorvachilik loyihasi va Ufada mehmonxona qurish tashabbuslari muhokama qilindi.Radiy Xabirov O‘zbekistonni Boshqirdistonning xalqaro maydondagi asosiy sheriklaridan biri sifatida e’tirof etdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidladi.Aprel oyida Boshqirdiston delegatsiyasining “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida ishtirok etishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251216/tashkent-bashkortostan-hamkorlik-muhokama-54203341.html
o‘zbekiston
boshqirdiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/11/55757562_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_77e1cadb63ae77bd18c2ad53e1bef705.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zoir mirzayev, boshqirdiston, xalqlar do‘stligi ordeni, radiy xabirov, toshkent viloyati, ufa, o‘zbekiston–rossiya munosabatlari, texnopark, bekobod tumani, investitsiya loyihalari
zoir mirzayev, boshqirdiston, xalqlar do‘stligi ordeni, radiy xabirov, toshkent viloyati, ufa, o‘zbekiston–rossiya munosabatlari, texnopark, bekobod tumani, investitsiya loyihalari
Toshkent viloyati delegatsiyasining Boshqirdistonga tashrifi: Mirzayev orden bilan taqdirlandi
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Boshqirdiston Respublikasining “Xalqlar do‘stligi” ordeni bilan taqdirlandi. Tashrif doirasida qo‘shma investitsiya loyihalari ham muhokama qilindi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Boshqirdiston Respublikasining “Xalqlar do‘stligi” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Mukofot Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov imzolagan farmon asosida hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun berildi.
Ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrifda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov ham ishtirok etmoqda. Orden Ufa shahrida tantanali ravishda topshirildi.
Tashrif doirasida ikki tomon rasmiylari va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazilib, savdo-iqtisodiy, sanoat va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga
erishdi. Jumladan, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida O‘zbekiston–Boshqirdiston texnoparki tashkil etish va uning qurilishini 2026-yil bahorida boshlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Toshkent viloyatida asalari mahsulotlari asosida davolash markazi (apiterapiya markazi) ochish, Boshqirdistonda maishiy texnika ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, Igli tumanida chorvachilik loyihasi va Ufada mehmonxona qurish tashabbuslari muhokama qilindi.
Radiy Xabirov O‘zbekistonni Boshqirdistonning xalqaro maydondagi asosiy sheriklaridan biri sifatida e’tirof etdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Aprel oyida Boshqirdiston delegatsiyasining “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida ishtirok etishi kutilmoqda.