https://oz.sputniknews.uz/20260223/iqtidor-yoshlar-kokrak-nishon-55882872.html
Iqtidorli yoshlar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi: u kimlarga beriladi
Iqtidorli yoshlar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi: u kimlarga beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qarori bilan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Nizomga ko‘ra, u iqtidorli yoshlar, xalqaro tajriba orttirgan mutaxassislar va davlat dasturlari ishtirokchilari orasida munosib nomzodlarga beriladi.
2026-02-23T10:58+0500
2026-02-23T10:58+0500
2026-02-23T10:58+0500
o‘zbekiston
jamiyat
yangi qonun
mukofot
maktab
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/17/55883038_0:40:1500:884_1920x0_80_0_0_ffab494588cff8bed6a5d3a07d298d27.jpg
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etildi va ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoniga nomzodlar ro‘yxati quyidagilarni birlashtiruvchi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati doirasida shakllantiriladi:– istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari;– maktablar;– Prezident maktablari va “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari;– “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur ishtirokchilari;– dunyoning nufuzli oliy ta’lim va boshqa tashkilotlarida bilim va tajriba orttirgan iqtidorli o‘zbekistonliklar.Ishchi guruh taqdimnomalar asosida hujjatlarni umumlashtirib, har yili 25-martga qadar belgilangan talablar asosida eng munosib nomzodlar bo‘yicha xulosa qabul qiladi.Xulosa asosida nomzodlarning hujjatlari “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish va ijrosini nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasiga yuboriladi.Respublika komissiyasi har yili 20-mayga qadar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.Ko‘krak nishoni har yili Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati qurultoyida topshiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250824/mustaqillik-orden-medallar-51451443.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/17/55883038_134:0:1366:924_1920x0_80_0_0_f97c6d9d78e02064ef83935f8a35beb4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi o‘zbekiston bunyodkorlari, ko‘krak nishoni, hukumat qarori 68-son, 19-fevral 2026, el-yurt umidi jamg‘armasi, prezident maktablari, yangi o‘zbekiston universiteti, prezident iqtidorli farzandlari, iqtidorli yoshlar, davlat mukofoti
yangi o‘zbekiston bunyodkorlari, ko‘krak nishoni, hukumat qarori 68-son, 19-fevral 2026, el-yurt umidi jamg‘armasi, prezident maktablari, yangi o‘zbekiston universiteti, prezident iqtidorli farzandlari, iqtidorli yoshlar, davlat mukofoti
Iqtidorli yoshlar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi: u kimlarga beriladi
Hukumat qarori bilan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni joriy etildi. Nishon iqtidorli yoshlar va davlat dasturlari ishtirokchilariga beriladi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etildi va ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli
nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoniga nomzodlar ro‘yxati quyidagilarni birlashtiruvchi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati doirasida shakllantiriladi:
– istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari;
– maktablar;
– Prezident maktablari va “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari;
– “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur ishtirokchilari;
– dunyoning nufuzli oliy ta’lim va boshqa tashkilotlarida bilim va tajriba orttirgan iqtidorli o‘zbekistonliklar.
Ishchi guruh taqdimnomalar asosida hujjatlarni umumlashtirib, har yili 25-martga qadar belgilangan talablar asosida eng munosib nomzodlar bo‘yicha xulosa qabul qiladi.
Xulosa asosida nomzodlarning hujjatlari “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish va ijrosini nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasiga yuboriladi.
Respublika komissiyasi har yili 20-mayga qadar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ko‘krak nishoni har yili Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati qurultoyida topshiriladi.