https://oz.sputniknews.uz/20250824/mustaqillik-orden-medallar-51451443.html
Mustaqillik munosabati bilan qator soha vakillari orden va medallar bilan taqdirlandi
Mustaqillik munosabati bilan qator soha vakillari orden va medallar bilan taqdirlandi
Sputnik O‘zbekiston
Mustaqillikning 34-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston muftiysiga "Oliy darajali Imom Buxoriy" ordeni berildi. Uch kishi O‘zbekiston xalq artisti bo‘ldi. 24.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-24T09:21+0500
2025-08-24T09:21+0500
2025-08-24T09:21+0500
jamiyat
mustaqillik kuni
"shuhrat" medali
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/18/15043894_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_bb4449f5fad654b9dc54c30a2bf7a1bb.jpg
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 34-yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.Farmon matnida keltirilishich, ular mustaqillikni mustahkamlash, o‘z iste’dodi, xalqning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari va boshqa xizmatlari uchun taqdirlangan.O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar "Oliy darajali Imom Buxoriy" ordeni bilan taqdirlandi.Aktor va aktrisalar Karim Mirxadiyev, Saida Rametova va Toxir Sayidovga "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" unvoni berildi.Xonanda Jaxongir Paziljanov, aktor Ilxombek Berdiyev, "Navro‘z" ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, baletmeyster Zarina Axmedova, balet artisti Otabek Ruzmetov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvonini oldi.Badiiy so‘z ustasi Mirzatilla Xalmedov "Mehnat shuhrati" ordeniga, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov esa "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" unvoniga sazovor bo‘ldi."Ishonch" va "Ishonch-Doverie" gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" bo‘ldi.Bundan tashqari,Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishing.
https://oz.sputniknews.uz/20250821/mustaqillik-bayrami-dam-olish-51405591.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/18/15043894_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_265e2075733818623902a1e5150bdaa1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mustaqillik kuni, "shuhrat" medali, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston
jamiyat, mustaqillik kuni, "shuhrat" medali, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston
Mustaqillik munosabati bilan qator soha vakillari orden va medallar bilan taqdirlandi
Mustaqillikning 34-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston muftiysiga "Oliy darajali Imom Buxoriy" ordeni berildi. Uch kishi O‘zbekiston xalq artisti bo‘ldi.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 34-yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
Farmon matnida keltirilishich, ular mustaqillikni mustahkamlash, o‘z iste’dodi, xalqning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari va boshqa xizmatlari uchun taqdirlangan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar "Oliy darajali Imom Buxoriy" ordeni bilan taqdirlandi.
Aktor va aktrisalar Karim Mirxadiyev, Saida Rametova va Toxir Sayidovga "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" unvoni berildi.
Xonanda Jaxongir Paziljanov, aktor Ilxombek Berdiyev, "Navro‘z" ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, baletmeyster Zarina Axmedova, balet artisti Otabek Ruzmetov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvonini oldi.
Badiiy so‘z ustasi Mirzatilla Xalmedov "Mehnat shuhrati" ordeniga, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov esa "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" unvoniga sazovor bo‘ldi.
"Ishonch" va "Ishonch-Doverie" gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" bo‘ldi.
Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining gepatobiliar jarrohlik va transplantologiya bo‘limi rahbari, jarroh
Mirshavkat Akbarov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni;
badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Taxmina Ikromova "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" unvoni;
boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiysi
Rahmatjon Ro‘zioxunov "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni;
aktrisa
Yulduz Rajabova, aktor
Boir Xolmirzayev, xonanda
Axrorjon Usmonov, Lola Yuldasheva, bastakor
Mirabzal Husanov "Do‘stlik" ordeni bilan bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan
quyidagi havola orqali tanishing.