Agrotexnika ishlab chiqarish 3-yilda 5 baravar oshiriladi — Prezident takliflarni tasdiqladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s prezentatsiyey po obespecheniyu selskogo xozaystva spetsialnoy texnikoy
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey po obespecheniyu selskogo xozaystva spetsialnoy texnikoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2026
Obuna bo‘lish
Taqdimotda texnika xaridi, lizing shartlari, mahalliylashtirish darajasi va sohada sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini maxsus texnika bilan ta’minlash va sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirgi kunda sohada mexanizatsiya darajasi 81 foizni tashkil etmoqda. So‘nggi yillarda 1 756 ta paxta terish mashinasi xarid qilingan, o‘tgan mavsumda 2,1 mln tonna paxta texnika yordamida yig‘ib olingan. Natijada besh yilda qo‘l mehnati 1,8 barobar qisqargan.
2026 yilda 800 ta paxta terish mashinasi, 6 mingta seyalka, traktor va kombayn xarid qilinishi rejalashtirilgan. Jami 10 mingta yangi texnika olinib, park 292 mingtaga yetkaziladi.
Fermerlarga qulay lizing shartlarini yaratish uchun 400 million dollar xalqaro moliya mablag‘lari jalb etiladi. Texnikalar milliy valyutada 10-yilga, 2-yillik imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada beriladi, uning 8 foizi budjet hisobidan qoplanadi.
2026–2028 yillarda mahalliy texnika ishlab chiqarish hajmini 5 barobarga oshirish, mahalliylashtirish darajasini 10 foizga oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. 2028-yilga qadar o‘ziyurar texnikada mahalliylashtirish 30–35 foizga, osma va tirkamali texnikalarda 60–65 foizga yetkaziladi.
Joriy yilda texnika qiymatining 15 foizini qoplash uchun 660 milliard so‘m subsidiya ajratish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Toshkent traktor zavodini sog‘lomlashtirish choralari muhokama qilindi.
2025 yilda “Agrobank” tomonidan 1,6 trillion so‘m kredit ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 3,9 trillion so‘mga yetkaziladi. Avtomatlashtirish orqali kredit ajratish muddati 3 kundan 3 soatgacha qisqaradi.
Har bir hududda agroxizmat zonalari tashkil etilib, fermerlar bank, konsalting, tuproq tahlili va agronom maslahatlarini bir joyning o‘zida olish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida sun’iy intellektdan foydalanish va 100 milliard so‘mlik venchur kompaniya tashkil etish rejalari ham ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga bir qator ko‘rsatmalar berdi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po osvoyeniyu novix zemel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2026
Qishloq xo‘jalik ilmiy markazlari akademiyaga birlashtiriladi
Yangiliklar lentasi
0