Qishloq xo‘jalik ilmiy markazlari akademiyaga birlashtiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po osvoyeniyu novix zemel
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po osvoyeniyu novix zemel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2026
Obuna bo‘lish
Prezidentga qishloq xo‘jaligida yerlarni o‘zlashtirish, ilm-fanni yagona tizimga birlashtirish va mahalliy ko‘chatchilikni kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdim etildi
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
2030 yilgacha 938 ming gektar yaylovlarni yaxshilash rejasi belgilandi. 22 ilmiy markaz, 260 laboratoriya va 2,5 mingdan ortiq olimni Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasiga birlashtirish, ta’lim-ilm-ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash vazifasi qo‘yildi.
Kelgusida 6,8 ming talaba agroklaster va korxonalarda, 2,6 mingdan ortig‘i esa vazirlik tizimidagi 22 ilmiy institutda amaliyot o‘taydi. Fermerlar farzandlarini imtiyozli kontrakt asosida qabul qilish, 7 yo‘nalishda o‘qishni 3-yilga tushirish, talabalarni traktorchi-mashinistlik va agrodronlardan foydalanishga o‘qitish rejalashtirilgan.
2026 yilda 25,5 ming gektar bog‘ va 5 ming gektar uzumzor barpo etilib, 48 ming ish o‘rni yaratiladi. Hozirda import qilinayotgan 60 million dollarlik ko‘chatlarni mahalliy sharoitda, Yevropa standartlari asosida yetishtirish imkoniyati qayd etildi.
Agentlik 200 tadan ortiq virusdan xoli, yuqori hosilli onalik navlar kolleksiyasini yaratgan. Yil yakunigacha shu navlarni ko‘paytirish va hududlarga yetkazish uchun tashkil etilgan majmualarni ishga tushirib, yiliga 27 million dona ko‘chat tayyorlash vazifasi qo‘yildi.
Prezident mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Shavkat Mirziyoyev provol vstrechu s rabotnikami selskogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
Prezident qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuvda vazifalar va yangiliklar haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0