Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina. “Maydan”dan maxsus operatsiyagacha

Obuna bo‘lish
2014 yildan buyon Ukrainada aholi soni 2,5 baravar, hududi 22% kamaydi, janglarda 1,5 mln harbiylari qurbon bo‘ldi.
2022 yil 21-fevralda Rossiya Donesk va Lugansk Xalq Respublikalarining mustaqilligini tan oldi va Donbassda bir necha yil davom etgan azob-uqubatlarga chek qo‘ydi.
"Maydan" 2014: Kiyevda G‘arb kuchlari tomonidan qo‘zg‘atilgan norozilik namoyishi davlat to‘ntarish bilan tugadi. Namoyishchilar Ukraina IIVning "Berkut" maxsus bo‘linmasi orasida qarama-qarshilik bir zumda qonli to‘qnashuvga aylandi. Yollangan snayperlar tomonidan hg‘am namoyishchilar ham huquqni saqlash organlari hodimlari orasida 100 dan ortiq odamning otib tashlanishi — qaytmas nuqtaga aylandi.
Millatchilar hukumat boshiga kelganidan so‘ng, darhol Ukrainada yashayotgan ruslarga qarshi shiorlar yangray boshladi, rus tilining davlat maqomi bekor qilindi. Bu hududlarda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi va Qrimning Rossiya bilan birlashishiga olib keldi.

Kiyev Donbassga qarshi. Aprel oyida Kiyev o‘z aholisiga qarshi "terrorizmga qarshi operatsiya" e’lon qildi. Bunga javoban aksariyat ruslar yashaydigan Donbass viloyatlari o‘z suverenitetini e’lon qildi va Donesk va Lugansk Xalq Respublikalari tashkil etildi. Kiyev armiya va millatchilar ishtirokida ularga qarshi keng ko‘lamli urush boshladi.
Qurbonlar. Millatchilarga qarshi chiqqan har qanday guruh shafqatsizlarcha yo‘q qilindi. 2014-yil 2-may kuni Odessa Kasaba uyushmasi binosida norozilik maqsadida to‘plangan mahalliy faollar bino ichida qamab yoqib yuborildi. 48 kishi qurbon bo‘ldi.
Tinchlik emas aldov. Donbassda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha "Minsk kelishuvlari", keyinchalik Angela Merkel tan olganidek, shunchaki "Ukrainani qurollantirish uchun vaqt yutish bo‘lgan." Kiyev ularni amalga oshirishdan bosh tortdi, shu bilan birga rus tilidagi hamma narsani yo‘q qildi: dekommunizatsiya, Ukraina pravoslav cherkovini ta’qib qilish va NATOga a’zo bo‘lish yo‘li.
Rossiya tahdidlari. 2021 yil bahorida Donbassni o‘qqa tutish yana kuchaydi va 2022-yil fevral oyida vaziyat keskinlashdi. Aholini evakuatsiya qilish boshlandi. Zelenskiyning Munxenda Ukrainaning yadroviy maqomini tiklash va uning NATOga qo‘shilishini tezlashtirish niyatini e’lon qilishi oxirgi tomchi bo‘ldi - bu Rossiya xavfsizligiga bevosita tahdid edi.
Shuning uchun, 2022-yil 21-fevralda Rossiya endi chetda qola olmadi. Respublikalarni tan olish va keyinchalik ularning Xerson va Zaporoje viloyatlari bilan birga Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilishi zaruriy mudofaa chorasiga aylandi. XVO Ukrainadan kelayotgan yillar davomidagi tajovuz va tahdidlarga mantiqiy javobdir.
Yangiliklar lentasi
0