O‘zbekiston va Serbiya ishbilarmonlar kengashini tashkil etadi

© Torgovo-promishlennaya palataMejdu TPP Uzbekistana i Serbii podpisano Soglashenie o sozdanii Delovogo soveta.
Mejdu TPP Uzbekistana i Serbii podpisano Soglashenie o sozdanii Delovogo soveta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2026
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, yangi tuzilma biznes hamkorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Serbiya Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Bitim O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot vaziri Andreana Mesarovich bilan uchrashuv doirasida imzolandi.
Yangi tuzilma ikki mamlakat biznesi o‘rtasida doimiy muloqot va amaliy hamkorlik platformasi bo‘ladi.
Uchrashuvda elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati va to‘qimachilik sohalarida qo‘shma loyihalarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Belgradda O‘zbekiston Savdo uyini va O‘zbekistonda Serbiya Savdo uyini ochish tashabbusini ilgari surdi. Bu mahsulotlarni ikki mamlakat bozoriga tizimli olib kirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Serbiyada “Made in Uzbekistan” milliy ekspozitsiyasini tashkil etish hamda tadbirkorlar o‘rtasida muntazam B2B uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
V Tashkente proshel Uzbeksko-serbskiy biznes-forum. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2025
O‘zbekiston–Serbiya biznes-forumi: qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tashkil etilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0