https://oz.sputniknews.uz/20260219/usa-kompaniyalar-hujjatlar-imzolanish-55805684.html
"Zapravkalar", parrandachilik, muhim minerallar: AQSh kompaniyalari bilan hujjatlar imzolandi
"Zapravkalar", parrandachilik, muhim minerallar: AQSh kompaniyalari bilan hujjatlar imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda AQSh savdo vaziri, yirik idoralar va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashib, investitsiya va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qator masalalarni muhokama qildi.
2026-02-19T09:32+0500
2026-02-19T09:32+0500
2026-02-19T10:02+0500
o‘zbekiston
iqtisod
shavkat mirziyoyev
tashrif
savdo
investitsiya
hamkorlik
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/13/55804835_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c26a4fed891ed63c35b26536f82c6754.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi doirasida AQSh savdo vaziri, yirik idoralar hamda kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Tashrif AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashuvdan boshlandi. Tomonlar O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini mustahkamlash, ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishni muhokama qildi. Shuningdek, davlat rahbari AQSh Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan muzokara o‘tkazdi.Prezident AQSh savdo vakili Jeymison Grir bilan uchrashuvda qo‘shma loyihalar doirasida imzolanadigan ikki tomonlama hujjatlarning amaliy natijalarini muhokama qildi. Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh o‘rtasidagi Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim (TIFA) doirasida hamkorlikni faollashtirish, mahsulotlar yetkazib berish, texnik tartibga solish va raqamli savdo masalalariga e’tibor qaratildi.Ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi va qo‘shma loyihalar taqdimotida AQSh hukumati hamda moliya institutlari vakillari — AQSh prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli, AQSh–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, shuningdek, “Traxys”, “Valmont Industries”, “Gulf Oil”, “Avigen Broiler Breeding Group”, “John Deere”, “BlackRock Financial Markets Advisory”, “Oppenheimer” va boshqa yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Videoaloqa orqali O‘zbekiston hududlari rahbarlari ham qatnashdi.Tomonlar o‘ta muhim xomashyo, neft-kimyo, energetika, qishloq xo‘jaligi, parrandachilik va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.Davlat rahbari huzurida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish, yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, muhim minerallarni qazib olish va yetkazib berish, parrandachilik klasterini tashkil etish, agrosanoat, moliya bozorini rivojlantirish hamda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260217/mirziyoev-usa-tashrif-55752797.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/13/55804835_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_7fc7aceb05babbd574e76f9f9fe1fe76.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, vashington, aqsh, savdo vaziri, o‘zbekiston–aqsh munosabatlari, investitsiya, iqtisodiy hamkorlik, amerika kompaniyalari, strategik sheriklik
shavkat mirziyoyev, vashington, aqsh, savdo vaziri, o‘zbekiston–aqsh munosabatlari, investitsiya, iqtisodiy hamkorlik, amerika kompaniyalari, strategik sheriklik
"Zapravkalar", parrandachilik, muhim minerallar: AQSh kompaniyalari bilan hujjatlar imzolandi
09:32 19.02.2026 (yangilandi: 10:02 19.02.2026) Imzolangan kelishuvlar doirasida O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qurish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi doirasida AQSh savdo vaziri, yirik idoralar hamda kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Tashrif AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan uchrashuvdan boshlandi. Tomonlar O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini mustahkamlash, ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishni muhokama qildi.
Shuningdek, davlat rahbari AQSh Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan muzokara o‘tkazdi.
Unda Ishbilarmonlik kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, investitsiya platformasini ishga tushirish, yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish hamda yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Prezident AQSh savdo vakili Jeymison Grir bilan uchrashuvda qo‘shma loyihalar doirasida imzolanadigan ikki tomonlama hujjatlarning amaliy natijalarini muhokama qildi. Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh o‘rtasidagi Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim (TIFA) doirasida hamkorlikni faollashtirish, mahsulotlar yetkazib berish, texnik tartibga solish va raqamli savdo masalalariga e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi va qo‘shma loyihalar taqdimotida AQSh hukumati hamda moliya institutlari vakillari — AQSh prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli, AQSh–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, shuningdek, “Traxys”, “Valmont Industries”, “Gulf Oil”, “Avigen Broiler Breeding Group”, “John Deere”, “BlackRock Financial Markets Advisory”, “Oppenheimer” va boshqa yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Videoaloqa orqali O‘zbekiston hududlari rahbarlari ham qatnashdi.
Tomonlar o‘ta muhim xomashyo, neft-kimyo, energetika, qishloq xo‘jaligi, parrandachilik va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Hududlararo aloqalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston hududlari rahbarlarining AQSh shtatlariga tashriflarini tashkil etish belgilandi.
Davlat rahbari huzurida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini qurish, yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, muhim minerallarni qazib olish va yetkazib berish, parrandachilik klasterini tashkil etish, agrosanoat, moliya bozorini rivojlantirish hamda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.