Mirziyoyev 17-fevral kuni AQShga tashrif buyuradi: G‘azo masalasi muhokama qilinadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishKapitoliy (United States Capitol) na Kapitoliyskom xolme v Vashingtone
Kapitoliy (United States Capitol) na Kapitoliyskom xolme v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2026
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 17–19 fevral kunlari Donald Tramp taklifiga ko‘ra Vashingtonga tashrif buyuradi va Tinchlik kengashi sammitida ishtirok etadi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp taklifiga ko‘ra 17–19 fevral kunlari amaliy tashrif bilan Vashington shahrida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif doirasida davlat rahbari Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etadi. Kengashning birinchi sammiti AQSh Tinchlik institutida bo‘lib o‘tadi.

Sammitda G‘azo sektorini tiklash, gumanitar yordam ko‘rsatish hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida Amerikaning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokida strategik loyihalar taqdimoti o‘tkazilishi, iqtisodiy sohada ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Tinchlik kengashi Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston joriy yil yanvar oyida Davos shahrida unga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilgan edi.
Uchastie v Sovete mira po Gaze podtverdili 27 stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2026
Tinchlik kengashida 27 ta davlat ishtirokini tasdiqladi — kimlar 1 mlrd dollar to‘laydi
Yangiliklar lentasi
0