https://oz.sputniknews.uz/20260218/ilm-tadqiqot-uskuna-xarid-tartib-55783827.html
Ilmiy tadqiqotlar uchun uskunalar qanday xarid qilinadi: yangi tartib tasdiqlandi
Ilmiy tadqiqotlar uchun uskunalar qanday xarid qilinadi: yangi tartib tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qarori bilan ilmiy tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari va sarflov materiallari bilan ta’minlash tartibi tasdiqlandi. Arizalar maxsus axborot tizimi orqali qabul qilinib, 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
2026-02-18T12:55+0500
2026-02-18T12:55+0500
2026-02-18T12:55+0500
o‘zbekiston
ilm-fan
moliyalashtirish
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/06/49209350_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_155463b6b56c60cfc829354cd7e4c348.jpg
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekistonda ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.Nizomga muvofiq, xarid uchun ariza quyidagi shaxslar tomonidan taqdim etiladi:Ariza maxsus axborot tizimi orqali yuboriladi va u tegishli tadqiqotni amalga oshirishga mas’ul tashkilot rahbari tomonidan kelishiladi.Agentlik shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida belgilangan talablarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi. Ma’qullangan arizalar maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260210/qishloq-xojalik-akademiya-taqdimot-55576943.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/06/49209350_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_7d38ca0f5caf55f3ac13e6ee5eb33e9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ilmiy faoliyat, laboratoriya asbob-uskunalari, davlat xaridi, ilmiy loyiha, dissertatsiya, maxsus axborot tizimi, xarid komissiyasi, hukumat qarori, o‘zbekiston
ilmiy faoliyat, laboratoriya asbob-uskunalari, davlat xaridi, ilmiy loyiha, dissertatsiya, maxsus axborot tizimi, xarid komissiyasi, hukumat qarori, o‘zbekiston
Ilmiy tadqiqotlar uchun uskunalar qanday xarid qilinadi: yangi tartib tasdiqlandi
Yangi nizomga muvofiq, laboratoriya asbob-uskunalari va sarflov materiallarini xarid qilish uchun arizalar maxsus axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekistonda ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlarni laboratoriya asbob-uskunalari, sarflov materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom
tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, xarid uchun ariza quyidagi shaxslar tomonidan taqdim etiladi:
ilmiy loyihalarda — loyiha rahbari;
ilmiy mavzular bo‘yicha — ilmiy bo‘linma rahbari yoki dasturda tegishli mavzuga rahbarlik qiluvchi shaxs;
dissertatsiya tadqiqotlarida — doktorantning ilmiy rahbari yoki kelishuv asosida ilmiy daraja va unvonga ega doktorantlardan biri.
Arizada ilmiy faoliyat yo‘nalishi ko‘rsatilib, markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil xarid usullaridan biri tanlanadi.
Ariza maxsus axborot tizimi orqali yuboriladi va u tegishli tadqiqotni amalga oshirishga mas’ul tashkilot rahbari tomonidan kelishiladi.
Agentlik shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida belgilangan talablarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi. Ma’qullangan arizalar maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.