Toshkent viloyati–Boshqirdiston: yangi loyihalar va hamkorlik muhokama qilindi

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiMejdu xokimom Tashkentskoy oblasti i glavoy Bashkortostana sostoyalsya onlayn-dialog
Mejdu xokimom Tashkentskoy oblasti i glavoy Bashkortostana sostoyalsya onlayn-dialog - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Obuna bo‘lish
Boshqirdiston Xalq tabobati va apiterapiya markazining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida filialini ochish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev va Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov o‘rtasidagi onlayn muloqotda ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Xabirov Toshkent viloyati delegatsiyasining yaqinda Ufa shahriga amalga oshirgan tashrifini ijobiy baholab, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan va turizm sohalaridagi hamkorlik samarali natijalar berayotganini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, Ufa shahrida mehmonxona qurish loyihasi uchun 4 gektar yer maydoni tanlangan bo‘lib, hozirda yer ajratish va qurilishga oid hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Shuningdek, Iglin tumanida 500 ming dollarlik fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun yer maydoni ajratish rejalashtirilgan.
© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiMejdu xokimom Tashkentskoy oblasti i glavoy Bashkortostana sostoyalsya onlayn-dialog
Mejdu xokimom Tashkentskoy oblasti i glavoy Bashkortostana sostoyalsya onlayn-dialog - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Mejdu xokimom Tashkentskoy oblasti i glavoy Bashkortostana sostoyalsya onlayn-dialog
Chorvachilikni rivojlantirish maqsadida esa 400 ming dollar qiymatidagi loyiha doirasida 4 ming gektar yer ajratish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda ushbu loyihalar bo‘yicha zarur yer hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari, Boshqirdiston Xalq tabobati va apiterapiya markazining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida filialini ochish rejalashtirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 300 ming dollarni tashkil etadi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal rossiyskuyu delegatsiyu vo glave s Denisom Manturovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2025
Mirziyoyev Manturovni qabul qildi: Rossiya kompaniyalari qanday loyihalarni taqdim etdi
Yangiliklar lentasi
0