https://oz.sputniknews.uz/20251030/markaziy-osiyo-kavkaz-qurgoqchilik-53087453.html
Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik xavfini kamaytirish uchun 250 mln dollar ajratildi
Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik xavfini kamaytirish uchun 250 mln dollar ajratildi
Sputnik O‘zbekiston
Yashil iqlim jamg‘armasi “Muzliklardan fermerlarga” dasturi uchun $250 mln ajratdi. ATB amalga oshirayotgan dastur Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Pokistonda suv ta’minoti hamda qishloq xo‘jaligida barqaror tizimlar yaratishga qaratilgan.
2025-10-30T12:14+0500
2025-10-30T12:14+0500
2025-10-30T12:14+0500
iqlim o‘zgarishi
yordam
suv
loyiha
osiyo taraqqiyot banki (otb)
iqtisod
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20213816_0:78:1500:922_1920x0_80_0_0_6cd282876d4849fbcfb4e5e2d81fc489.jpg
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Yashil iqlim jamg‘armasi (YaIJ) Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning “Muzliklardan fermerlarga” dasturi uchun 250 million dollar ajratdi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar berdi.Mablag‘ asosan grantlar shaklida beriladi va kelasi o‘n yilda OTBning 3,25 milliard dollarlik investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladi. Dastur OTBa a’zo to‘qqizta davlatni — Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni qamrab oladi. Bu mamlakatlar muzlik suvlariga tayangan holda qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti va energetika sohalarida faoliyat yuritadi.Loyiha Norin va Panj (Markaziy Osiyo), Kura (Janubiy Kavkaz) hamda Svat (Pokiston) daryo havzalarini o‘z ichiga oladi. U 27 million gektar hududni qamrab, 13 millionga yaqin aholiga, jumladan fermerlar va tog‘li hududlardagi zaif aholiga foyda keltiradi. Shu bilan birga, ayniqsa ayollar rahbarligidagi qishloq xo‘jaligi faoliyatlarini rivojlantirish uchun mahalliy banklar imkoniyatlari kengaytiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250926/iqlim-sammit-uglerod-energiya-ekologiya-maqsad-52275699.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20213816_84:0:1417:1000_1920x0_80_0_0_b151066f837c33b635a4bc2ee2fe1601.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yashil iqlim jamg‘armasi, osiyo taraqqiyot banki, muzliklardan fermerlarga, iqlim o‘zgarishi, markaziy osiyo, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, grant, atb dasturi, barqaror rivojlanish, iqlim loyihasi, o‘zbekiston, otb dasturi
yashil iqlim jamg‘armasi, osiyo taraqqiyot banki, muzliklardan fermerlarga, iqlim o‘zgarishi, markaziy osiyo, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, grant, atb dasturi, barqaror rivojlanish, iqlim loyihasi, o‘zbekiston, otb dasturi
Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik xavfini kamaytirish uchun 250 mln dollar ajratildi
Dastur muzlik suviga qaram bo‘lgan Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Pokistondagi aholi uchun suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligida barqaror tizimlar yaratishni maqsad qiladi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Yashil iqlim jamg‘armasi (YaIJ) Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning “Muzliklardan fermerlarga” dasturi uchun 250 million dollar ajratdi. Bu haqda OTB matbuot xizmati
xabar berdi.
Mablag‘ asosan grantlar shaklida beriladi va kelasi o‘n yilda OTBning 3,25 milliard dollarlik investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladi.
Loyihalar samarali sug‘orish, suv omborlari qurilishi va havza boshqaruvini takomillashtirishga yo‘naltirilib, qurg‘oqchilik va toshqinlar xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
Dastur OTBa a’zo to‘qqizta davlatni — Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni qamrab oladi. Bu mamlakatlar muzlik suvlariga tayangan holda qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti va energetika sohalarida faoliyat yuritadi.
Loyiha Norin va Panj (Markaziy Osiyo), Kura (Janubiy Kavkaz) hamda Svat (Pokiston) daryo havzalarini o‘z ichiga oladi. U 27 million gektar hududni qamrab, 13 millionga yaqin aholiga, jumladan fermerlar va tog‘li hududlardagi zaif aholiga foyda keltiradi.
Shuningdek, dastur doirasida suv tanqisligi va issiqlik ta’siridan jabr ko‘rayotgan aholi uchun ijtimoiy himoya hamda tibbiy yordam dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga, ayniqsa ayollar rahbarligidagi qishloq xo‘jaligi faoliyatlarini rivojlantirish uchun mahalliy banklar imkoniyatlari kengaytiriladi.