Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi: Sumi viloyati va DXRda ikki aholi punkti ozod qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishBoyevaya podgotovka injenernix voysk gruppirovki voysk "Zapad" v LNR
Boyevaya podgotovka  injenernix voysk gruppirovki voysk Zapad v LNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2026
Obuna bo‘lish
“Shimol” va “Janubiy” guruhlar Pokrovka va Minkovkani ozod qildi. “Markaz” va “Dnepr” guruhlari taktik vaziyatni yaxshilagan, dushmanning vaqtinchalik joylashuv punkti yo‘q qilingan.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Sumi viloyati va Donesk Xalq Respublikasidagi ikki aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Sumi viloyatining Pokrovka aholi punktini ozod qilgan.

Shuningdek, “Janub” qo‘shinlari guruhi Donesk Xalq Respublikasining Minkovka aholi punktini ozod etgani bildirildi.
Bayonotda qayd etilishicha, “G‘arb” guruhi bo‘linmalari qulay marra va pozitsiyalarni egallagan, “Markaz” va “Dnepr” guruhlari taktik vaziyatni yaxshilagan.
"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga yurishni davom ettirdi.
Bundan tashqari, “Dnepr” guruhiga qarashli “Orlan-10” uchuvchisiz apparati Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli obyektni aniqlab, koordinatalarni artilleriyachilarga uzatgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, artilleriya zarbasi natijasida ushbu vaqtinchalik joylashuv punkti yakson qilingan.
Valeriy Gerasimov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Magdalinovka, Primorskoe va Zapasnoe ozod qilindi - Rossiya QK Bosh shtabi boshlig‘i bayonotlari
Yangiliklar lentasi
0