https://oz.sputniknews.uz/20260215/russia-bosh-shtab-boshliq-bayonotlar-55721499.html
Magdalinovka, Primorskoe va Zapasnoe ozod qilindi - Rossiya QK Bosh shtabi boshlig‘i bayonotlari
Magdalinovka, Primorskoe va Zapasnoe ozod qilindi - Rossiya QK Bosh shtabi boshlig‘i bayonotlari
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ma’lum qilishicha, fevral oyining ikki haftasida 12 ta aholi punkti ozod qilindi, 200 kv.kmdan ortiq hudud nazoratga olindi.
2026-02-15T17:45+0500
2026-02-15T17:45+0500
2026-02-15T17:45+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
valeriy gerasimov
rossiya mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1f/54580414_0:51:1604:953_1920x0_80_0_0_bee5ce7fcbf2af5dfb185717fc9f3d0e.jpg
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Fevral oyining ikki haftasida Rossiya qo‘shinlari 12 ta aholi punktini ozod qildi, 200 kvadrat kilometrdan ortiq hudud nazoratga olindi. Bu haqda Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i — Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Valeriy Gerasimov “Markaz” qo‘shinlari guruhi boshqaruv punktida jangovar vazifalar ijrosini tekshirish chog‘ida ma’lum qildi.Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, hujum barcha yo‘nalishlarda davom etmoqda, Ukraina Qurolli Kuchlari katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Rossiya tomoni uchuvchisiz tizimlardan faol foydalanmoqda va ularni dushmanga nisbatan o‘rtacha ikki baravar ko‘p qo‘llamoqda.Gerasimovning boshqa bayonotlari:“Dnepr” guruhi Zaporojye yo‘nalishida hujumni davom ettirib, Magdalinovka, Primorskoe va Zapasnoe aholi punktlarini nazoratga oldi.Eng shiddatli janglar “Markaz” guruhi mas’uliyat zonasida olib borilmoqda. Dobropolye yo‘nalishida hujum rivojlantirilmoqda, Yangi Donbass va Beliskoe aholi punktlarini ozod qilish davom etmoqda. Shuningdek, Novopavlovka va Novopodgorniy uchun janglar ketmoqda.“G‘arb” guruhi Oskol darosining sharqiy qirg‘og‘idagi pozitsiyalarni mustahkamlamoqda. Krasnolimanskiy yo‘nalishida Drobishevo va Yarovaya aholi punktlarini tozalash ishlari yakunlanmoqda.“Janubiy” guruh Slavansk yo‘nalishida harakatlanmoqda. Reznikovkani ozod qilish nihoyasiga yetmoqda. “Sharq” guruhi Zaporojye viloyatining sharqiy qismida hujumni rivojlantirmoqda, dushman tuzilmalari katta yo‘qotishlarga uchramoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260115/russia-qoshinlar-hudud-ozod-54810264.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1f/54580414_133:0:1470:1003_1920x0_80_0_0_71a6edf50cc3a1a0c698c8c3b0d22301.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya qurolli kuchlari, valeriy gerasimov, bosh shtab, markaz qo‘shinlari guruhi, shimol guruhi, g‘arb guruhi, janubiy guruh, dnepr guruhi, zaporojye viloyati, sumi viloyati, xarkov viloyati, dobropolye, slavansk, 12 ta aholi punkti, 200 kvadrat kilometr
rossiya qurolli kuchlari, valeriy gerasimov, bosh shtab, markaz qo‘shinlari guruhi, shimol guruhi, g‘arb guruhi, janubiy guruh, dnepr guruhi, zaporojye viloyati, sumi viloyati, xarkov viloyati, dobropolye, slavansk, 12 ta aholi punkti, 200 kvadrat kilometr
Magdalinovka, Primorskoe va Zapasnoe ozod qilindi - Rossiya QK Bosh shtabi boshlig‘i bayonotlari
Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning ma’lum qilishicha, fevralning ikki haftasida 12 ta aholi punkti ozod qilindi va 200 kv. kilometrdan ortiq hudud nazoratga olindi
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Fevral oyining ikki haftasida Rossiya qo‘shinlari 12 ta aholi punktini ozod qildi, 200 kvadrat kilometrdan ortiq hudud nazoratga olindi.
Bu haqda Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i — Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, armiya generali Valeriy Gerasimov “Markaz” qo‘shinlari guruhi boshqaruv punktida jangovar vazifalar ijrosini tekshirish chog‘ida
ma’lum qildi.
Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, hujum barcha yo‘nalishlarda davom etmoqda, Ukraina Qurolli Kuchlari katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda. Rossiya tomoni uchuvchisiz tizimlardan faol foydalanmoqda va ularni dushmanga nisbatan o‘rtacha ikki baravar ko‘p qo‘llamoqda.
Gerasimovning boshqa bayonotlari:
“Dnepr” guruhi Zaporojye yo‘nalishida hujumni davom ettirib, Magdalinovka, Primorskoe va Zapasnoe aholi punktlarini nazoratga oldi.
“Shimol” guruhi Sumi va Xarkov viloyatlari chegara hududlarida xavfsizlik zonasini kengaytirmoqda.
Eng shiddatli janglar “Markaz” guruhi mas’uliyat zonasida olib borilmoqda. Dobropolye yo‘nalishida hujum rivojlantirilmoqda, Yangi Donbass va Beliskoe aholi punktlarini ozod qilish davom etmoqda. Shuningdek, Novopavlovka va Novopodgorniy uchun janglar ketmoqda.
“G‘arb” guruhi Oskol darosining sharqiy qirg‘og‘idagi pozitsiyalarni mustahkamlamoqda. Krasnolimanskiy yo‘nalishida Drobishevo va Yarovaya aholi punktlarini tozalash ishlari yakunlanmoqda.
“Janubiy” guruh Slavansk yo‘nalishida harakatlanmoqda. Reznikovkani ozod qilish nihoyasiga yetmoqda.
“Sharq” guruhi Zaporojye viloyatining sharqiy qismida hujumni rivojlantirmoqda, dushman tuzilmalari katta yo‘qotishlarga uchramoqda.