https://oz.sputniknews.uz/20260216/uzbek-populyatsiya-genom-tadqiqot-55745492.html
O‘zbek populyatsiyasining genom tadqiqoti: 35-70 yoshlilar taklif etilmoqda
O‘zbek populyatsiyasining genom tadqiqoti: 35-70 yoshlilar taklif etilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘zbek populyatsiyasining kengaytirilgan genom tadqiqoti doirasida 35–70 yoshli fuqarolar ishtirok etishga taklif etilmoqda. Loyiha doirasida bepul tibbiy ko‘rik va tahlillar o‘tkaziladi.
2026-02-16T16:02+0500
2026-02-16T16:02+0500
2026-02-16T17:20+0500
tadqiqot
o‘zbekiston
ilm-fan
tahlil
jamiyat
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/10/57/105733_0:170:3037:1878_1920x0_80_0_0_8522a637773eda7f3ea0ee69954dcbef.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Telegram kanali ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbek populyatsiyasining kengaytirilgan genom tadqiqoti doirasida fuqarolar ishtirok etishga taklif etilmoqda.Qayd etilishicha, loyiha shaxsiylashtirilgan tibbiyot yordamida kasalliklarni tashxislash va davolashni takomillashtirish maqsadida o‘zbek populyatsiyasining genetik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.E’londa keltirilishicha, tadqiqot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Ilg‘or texnologiyalar markazi ishtirokida o‘tkazilmoqda.Kimlar ishtirok etishi mumkin?Ma’lum qilinishicha, 35 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan, O‘zbekiston fuqarosi va o‘zbek millatiga mansub shaxslar tadqiqotda ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, ishtirokchining ota-onasi ham o‘zbek millatiga mansub bo‘lishi shart.Ishtirok tartibi va shartlariIshtirok etish uchun anketani to‘ldirish (15–20 daqiqa) va tahlil uchun qon namunasini topshirish talab etiladi. E’londa ishtirok va mutaxassis konsultatsiyasi bepul ekani qayd etilgan.Qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi?Ishtirokchilar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi. Jumladan:Loyiha doirasida ishtirokchilar muhim ilmiy tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.Qanday bog‘lanish mumkin?Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi raqamlar ko‘rsatilgan:+998903181615 (Iroda)+998935968518 (Negina)+998994907339 (Nargiza)Shuningdek, Telegram orqali @genom_cat akkauntiga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251218/uzbekistan-radiofarmatsevtika-ishlab-chiqarilish-54284427.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/10/57/105733_154:0:2885:2048_1920x0_80_0_0_4a7dad899ca050460786c78cd307f139.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, fanlar akademiyasi, genom tadqiqoti, o‘zbek populyatsiyasi, genetik tahlil, bepul tibbiy ko‘rik, kardiolog konsultatsiyasi, ekg, exo-kg, ilg‘or texnologiyalar markazi, kardiologiya markazi, shaxsiylashtirilgan tibbiyot
o‘zbekiston, fanlar akademiyasi, genom tadqiqoti, o‘zbek populyatsiyasi, genetik tahlil, bepul tibbiy ko‘rik, kardiolog konsultatsiyasi, ekg, exo-kg, ilg‘or texnologiyalar markazi, kardiologiya markazi, shaxsiylashtirilgan tibbiyot
O‘zbek populyatsiyasining genom tadqiqoti: 35-70 yoshlilar taklif etilmoqda
16:02 16.02.2026 (yangilandi: 17:20 16.02.2026) Fanlar akademiyasi e’loniga ko‘ra, shaxsiylashtirilgan tibbiyotni rivojlantirish maqsadida genetik tadqiqot o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilar uchun bepul tibbiy ko‘rik va qator tahlillar nazarda tutilgan.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Telegram kanali ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbek populyatsiyasining kengaytirilgan genom tadqiqoti doirasida fuqarolar ishtirok etishga
taklif etilmoqda.
Qayd etilishicha, loyiha shaxsiylashtirilgan tibbiyot yordamida kasalliklarni tashxislash va davolashni takomillashtirish maqsadida o‘zbek populyatsiyasining genetik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.
E’londa keltirilishicha, tadqiqot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Ilg‘or texnologiyalar markazi ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Ma’lum qilinishicha, 35 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan, O‘zbekiston fuqarosi va o‘zbek millatiga mansub shaxslar tadqiqotda ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, ishtirokchining ota-onasi ham o‘zbek millatiga mansub bo‘lishi shart.
Yurak-qon tomir, endokrin, autoimmun yoki onkologik kabi jiddiy kasalliklari bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etishga taklif qilinmoqda.
Ishtirok tartibi va shartlari
Ishtirok etish uchun anketani to‘ldirish (15–20 daqiqa) va tahlil uchun qon namunasini topshirish talab etiladi. E’londa ishtirok va mutaxassis konsultatsiyasi bepul ekani qayd etilgan.
Qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi?
Ishtirokchilar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi. Jumladan:
kardiolog konsultatsiyasi
braxiotsefal arteriyalar ultratovush tekshiruvi (BSA)
Loyiha doirasida ishtirokchilar muhim ilmiy tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
Qanday bog‘lanish mumkin?
Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi raqamlar ko‘rsatilgan:
+998903181615 (Iroda)
+998935968518 (Negina)
+998994907339 (Nargiza)
Shuningdek, Telegram orqali @genom_cat akkauntiga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.