O‘zbekistonda radiofarmatsevtika: qanday va kim uchun ishlab chiqariladi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan radiofarmatsevtik preparatlar onkologik, kardiologik, endokrin kasalliklarni aniqlash va davolashda qo‘llanilib, Yevropa, AQSh, Osiyo mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan radiofarmatsevtik preparatlar bugungi kunda nafaqat mamlakat ichida, balki MDH davlatlaridan to Yevropa, AQSh va Yaqin Sharqqacha bo‘lgan hududlarda ham ishlatilmoqda. Ular onkologik, kardiologik va endokrin kasalliklarni aniqlash hamda davolashda foydalaniladi.
Radioaktiv xomashyo O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti negizida 1976-yilda tashkil etilgan “Radiopreparat” korxonasidagi yadro reaktorida olinadi. U yerdan material qo‘rg‘oshin konteynerlarda ishlab chiqarish joyiga yetkaziladi, bu yerda xomashyo qat’iy nazoratdan va bir necha bosqichli tekshiruvdan o‘tadi.
“Rossiyaga eksportga asosan radiofarmatsevtik modda - lyutetsiy xloridni jo‘natamiz. Bu prostata bezi saratonini davolash uchun radiofarmpreparatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy moddadir”, - deydi ishlab chiqarishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Zafar Usarov.
Logistikaga alohida e’tibor qaratiladi. Marketing bo‘limi boshlig‘i Akmal Shukurovning aytishicha, korxona mutaxassislari Rossiyada maxsus tayyorgarlikdan o‘tib, sertifikat oladi. Bu esa xavfli yuklarni barcha xalqaro talablarga muvofiq havo transportida tashish imkonini beradi.
“Yukning tez yetkazib berilishi bir nechta bemorning o‘z vaqtida davolanishini ta’minlaydi”, - deb ta’kidlaydi u.
Bugungi kunda O‘zbekistondan radiopreparatlar Qozog‘iston, Rossiya, BAA, Saudiya Arabistoni, Germaniya, AQSh va Xitoyga eksport qilinmoqda. Faqatgina 2025-yilning o‘zida korxona 30 taga yaqin eksport shartnomasini imzolagan.
“Asosiy talab - mahsulot sifati. Ba’zi radioizotoplar bo‘yicha biz jahon iste’molining 80% dan ortig‘ini yetkazib beramiz”, - deya ta’kidlaydi Shukurov.
Radiopreparatlar qanday ishlab chiqarilishi va ular bilan ishlaydigan laboratoriyalar qanday ko‘rinishi haqida Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling
Rosatom obespechil innovatsionnim yadernim toplivom issledovatelskiy reaktor v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2025
“Rosatom” O‘zbekistonga tadqiqot reaktori uchun innovatsion yadro yoqilg‘isini yetkazib berdi
Yangiliklar lentasi
0