https://oz.sputniknews.uz/20260215/rosatom-fanlar-akademiya-yadro-hamkorlik-55714907.html
“Rosatom” va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi: yadro texnologiyalarida hamkorlik kuchayadi
“Rosatom” va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi: yadro texnologiyalarida hamkorlik kuchayadi
Sputnik O‘zbekiston
Fanlar akademiyasi va “Rosatom” yadro energetikasi va radiatsiya texnologiyalari sohasida qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirishga kelishdi. Uchrashuvda VVR-SM reaktori va ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
2026-02-15T12:26+0500
2026-02-15T12:26+0500
2026-02-15T12:26+0500
ilm-fan
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
atom energetikasi
yadro fizikasi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0b/22681732_919:3:2147:694_1920x0_80_0_0_c7ec2c761c60e554647ff4bcaf1aa82a.jpg
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Fanlar akademiyasi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi yadro energetikasi hamda radiatsiya texnologiyalari sohasida qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirish bo‘yicha ishlarni faollashtirishga kelishib oldi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati RIA Novostiga xabar qildi.Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov va “Rosatom” bosh direktori o‘rinbosari Yuriy Olenin Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.Uchrashuvda yadro energetikasi va yadro fizikasi sohasidagi hamkorlik, radiatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, ilmiy tajriba almashish, stajirovkalar tashkil etish, qo‘shma seminar va konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi.Uchrashuv yakunida Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Rosatom”ning 80-yilligi munosabati bilan yubiley medali bilan taqdirlandi.Avvalroq Sodiqov RIA Novostiga “Rosatom” tomonidan Yadro fizikasi institutining VVR-SM tadqiqot reaktori uchun yoqilg‘i yetkazib berilishi respublikaga tinch yadro texnologiyalarining ilg‘or yo‘nalishlarida faol ishtirok etish imkonini berishini ma’lum qilgan edi.Ko‘p yillardan buyon “Rosatom”ning yoqilg‘i divizioni boshqaruv kompaniyasi “TVEL” AJ hamda Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti yadroviy obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260211/onkologiya-kamaytirish-rosatom-strategiya-55614599.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0b/22681732_831:1:2071:931_1920x0_80_0_0_ef1ef4610bd5689ed84585bcb0f2a763.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, fanlar akademiyasi, rosatom, tvel, yadro fizikasi instituti, vvr-sm reaktori, yadro energetikasi, radiatsiya texnologiyalari, shavkat ayupov, yuriy olenin, ilhom sodiqov, toshkent, ilmiy hamkorlik, tinch yadro texnologiyalari, ria novosti
o‘zbekiston, fanlar akademiyasi, rosatom, tvel, yadro fizikasi instituti, vvr-sm reaktori, yadro energetikasi, radiatsiya texnologiyalari, shavkat ayupov, yuriy olenin, ilhom sodiqov, toshkent, ilmiy hamkorlik, tinch yadro texnologiyalari, ria novosti
“Rosatom” va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi: yadro texnologiyalarida hamkorlik kuchayadi
Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Fanlar akademiyasi va “Rosatom” yadro energetikasi hamda radiatsiya texnologiyalari sohasida qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirish masalasini muhokama qildi
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Fanlar akademiyasi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi yadro energetikasi hamda radiatsiya texnologiyalari sohasida qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirish bo‘yicha ishlarni faollashtirishga kelishib oldi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati RIA Novostiga
xabar qildi.
Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov va “Rosatom” bosh direktori o‘rinbosari Yuriy Olenin Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
“Tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirish, zamonaviy laboratoriya bazasini takomillashtirish va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash zarurligini qayd etdi”, — dedi akademiya vakili.
Uchrashuvda yadro energetikasi va yadro fizikasi sohasidagi hamkorlik, radiatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ilmiy tajriba almashish, stajirovkalar tashkil etish, qo‘shma seminar va konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Rosatom”ning 80-yilligi munosabati bilan yubiley medali bilan taqdirlandi.
Avvalroq Sodiqov RIA Novostiga “Rosatom” tomonidan Yadro fizikasi institutining VVR-SM tadqiqot reaktori uchun yoqilg‘i yetkazib berilishi respublikaga tinch yadro texnologiyalarining ilg‘or yo‘nalishlarida faol ishtirok etish imkonini berishini ma’lum qilgan edi.
Ko‘p yillardan buyon “Rosatom”ning yoqilg‘i divizioni boshqaruv kompaniyasi “TVEL” AJ hamda Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti yadroviy obyektlarni ekspluatatsiyadan chiqarish va radioaktiv chiqindilar bilan ishlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda.