https://oz.sputniknews.uz/20260211/onkologiya-kamaytirish-rosatom-strategiya-55614599.html
Onkologiyani kamaytirish, yuqori texnologiyali tibbiyot: Rosatom bilan strategiya ishlab chiqiladi
Onkologiyani kamaytirish, yuqori texnologiyali tibbiyot: Rosatom bilan strategiya ishlab chiqiladi
Sputnik O‘zbekiston
"O‘zatom" agentligida yadro tibbiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar siklotron, radiofarmatsevtika va PET/KT markazlari bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishdi.
2026-02-11T10:56+0500
2026-02-11T10:56+0500
2026-02-11T10:56+0500
o‘zatom
jamiyat
rosatom
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0b/55614364_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_97468fa5e2a2237cf3d731009b687bf2.jpg
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. "O‘zatom" agentligida O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi, tegishli idoralar, yetakchi tibbiyot markazlari va "Rosatom Qurilish Texnologiyalari" divizioni ekspertlari ishtirok etdi.Rossiya tomoni siklotron komplekslari, radiofarmatsevtika ishlab chiqarishi va PET/KT diagnostika markazlarini tashkil etish bo‘yicha tajribasini taqdim etdi. Shuningdek, "tayyor holda topshiriladigan" infratuzilma loyihalari misol qilindi.Loyihalar yadro texnologiyalari asosida onkologik kasalliklarni erta tashxislash va zamonaviy davolash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.Ta’kidlanishicha, bunday tashabbuslar prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda: uning rahbarligida Toshkentda yadro tibbiyoti markazini tashkil etish loyihasi boshlangan. U PET/KT, siklotron, radiofarmlaboratoriya, gamma-pichoq va kiber-pichoq uskunalari bilan jihozlanadi.Bularning barchasi yuqori texnologiyali tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini oshirish va og‘ir kasalliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda."O‘zatom" agentligi yadro tibbiyotini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va onkologik kasalliklarni zamonaviy tashxislash imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251218/uzbekistan-radiofarmatsevtika-ishlab-chiqarilish-54284427.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0b/55614364_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9692d8c43b7aa5771d2596dd89ea1b61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zatom, rosatom, yadro tibbiyoti, pet/kt, siklotron, radiofarmatsevtika, toshkent, onkologiya, tashxis, tibbiy texnologiyalar
o‘zatom, rosatom, yadro tibbiyoti, pet/kt, siklotron, radiofarmatsevtika, toshkent, onkologiya, tashxis, tibbiy texnologiyalar
Onkologiyani kamaytirish, yuqori texnologiyali tibbiyot: Rosatom bilan strategiya ishlab chiqiladi
Yig‘ilishda "Rosatom" bilan yadro tibbiyotini rivojlantirish, onkologiyani erta tashxislash va yuqori texnologiyali tibbiy yordamni kengaytirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. "O‘zatom" agentligida O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi, tegishli idoralar, yetakchi tibbiyot markazlari va "Rosatom Qurilish Texnologiyalari" divizioni ekspertlari ishtirok etdi.
Rossiya tomoni siklotron komplekslari, radiofarmatsevtika ishlab chiqarishi va PET/KT diagnostika markazlarini tashkil etish bo‘yicha tajribasini taqdim etdi. Shuningdek, "tayyor holda topshiriladigan" infratuzilma loyihalari misol qilindi.
Tomonlar O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi va strategiyani birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi. Bu texnologiyalar transferi, mutaxassislar tayyorlash va tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Loyihalar yadro texnologiyalari asosida onkologik kasalliklarni erta tashxislash va zamonaviy davolash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Ta’kidlanishicha, bunday tashabbuslar prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanmoqda: uning rahbarligida Toshkentda yadro tibbiyoti markazini tashkil etish loyihasi boshlangan. U PET/KT, siklotron, radiofarmlaboratoriya, gamma-pichoq va kiber-pichoq uskunalari bilan jihozlanadi.
Bularning barchasi yuqori texnologiyali tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini oshirish va og‘ir kasalliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
"O‘zatom" agentligi yadro tibbiyotini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va onkologik kasalliklarni zamonaviy tashxislash imkoniyatlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlamoqda.