https://oz.sputniknews.uz/20260214/toshkentda-ozbekistonsuriya-biznes-forumi-bolib-otdi-55699873.html
Toshkentda O‘zbekiston–Suriya biznes forumi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda O‘zbekiston–Suriya biznes forumi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirda agrosanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika va to‘qimachilik sohalarida biznes orasida doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi. 14.02.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-02-14T11:15+0500
2026-02-14T11:15+0500
2026-02-14T11:15+0500
o‘zbekiston
suriya
forum
iqtisod
biznes
tadbirkor
savdo-sanoat palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/17/47666775_0:59:1199:733_1920x0_80_0_0_604238364d0b725121f9d147dfe453be.png
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent shahrida ilk bor O‘zbekiston–Suriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda UzA. Forum doirasida O‘zbekistonga Suriya Arab Respublikasining nufuzli delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Suriya Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti A’la Umar al-Ali boshchilik qildi.Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir doirasida ikki xalq o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Jumladan, agrosanoat, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va yetkazib berish, farmatsevtika, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti, savdo uylari va doimiy shourumlar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.Shuningdek, muntazam ravishda eksport ko‘rgazmalari, yarmarkalar va B2B uchrashuvlarni yo‘lga qo‘yish, suriyalik hamkorlar uchun bozorga kirishning soddalashtirilgan raqamli mexanizmlarini yaratish hamda ayrim tovar pozitsiyalarini yetkazib berishni boshlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/17/47666775_72:0:1127:791_1920x0_80_0_0_b5e19e11bf5f09e2be3a7886f1f7c06b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, suriya, forum, iqtisod, biznes, tadbirkor, savdo-sanoat palatasi
o‘zbekiston, suriya, forum, iqtisod, biznes, tadbirkor, savdo-sanoat palatasi
Toshkentda O‘zbekiston–Suriya biznes forumi bo‘lib o‘tdi
Tadbirda agrosanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika va to‘qimachilik sohalarida biznes orasida doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Toshkent shahrida ilk bor O‘zbekiston–Suriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda
UzA. Forumda sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik, logistika, qurilish, elektrotexnika va turizm sohalaridan 200ga yaqin nafar tadbirkor ishtirok etdi.
Forum doirasida O‘zbekistonga Suriya Arab Respublikasining nufuzli delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Suriya Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti A’la Umar al-Ali boshchilik qildi.
Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir doirasida ikki xalq o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Jumladan, agrosanoat, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va yetkazib berish, farmatsevtika, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti, savdo uylari va doimiy shourumlar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, muntazam ravishda eksport ko‘rgazmalari, yarmarkalar va B2B uchrashuvlarni yo‘lga qo‘yish, suriyalik hamkorlar uchun bozorga kirishning soddalashtirilgan raqamli mexanizmlarini yaratish hamda ayrim tovar pozitsiyalarini yetkazib berishni boshlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.