https://oz.sputniknews.uz/20260213/uztest-markazi-55665943.html
“UzTest” markazi tugatilib, Akkreditatsiya markazi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
“UzTest” markazi tugatilib, Akkreditatsiya markazi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Ma’lum qilinishicha, sohada institutsional o‘zgarishlar amalga oshirilib, “UzTest” markazi tugatiladi, Akkreditatsiya markazi esa Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Tashkilotlar soni 5 tadan 3 taga qisqartiriladi.Sinov va sertifikatlash xizmatlarini to‘liq xususiy sektorga berish taklif qilindi.
2026-02-13T09:36+0500
2026-02-13T09:36+0500
2026-02-13T09:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0d/55665780_0:35:680:418_1920x0_80_0_0_513c2f45c43354465ec04fbd8860a05c.jpg
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev texnik tartibga solish sohasini xalqaro talablar asosida isloh qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, sohada institutsional o‘zgarishlar amalga oshirilib, “UzTest” markazi tugatiladi, Akkreditatsiya markazi esa Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Tashkilotlar soni 5 tadan 3 taga qisqartiriladi.Sinov va sertifikatlash xizmatlarini to‘liq xususiy sektorga berish taklif qilindi. Ayni paytda xususiy sektorda barcha sohalarni qamrab olgan 207 ta sinov laboratoriyasi va 73 ta sertifikatlash idorasi faoliyat yuritmoqda. Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida qator yetakchi xalqaro kompaniyalar jalb qilinadi.Taqdimotda “SUz” milliy muvofiqlik belgisini joriy etish, akkreditatsiya organining mustaqilligini ta’minlash, sinov laboratoriyalari faoliyatini raqamlashtirish, metrologiya tizimini isloh qilish hamda etalon bazasini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.Ta’kidlanishicha, eskirgan standartlar va samarasiz texnik reglamentlardan voz kechish va to‘liq xalqaro standartlarga o‘tish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Hozirda 33 mingdan ortiq standart mavjud bo‘lib, ularning 50 foizi eskirgan yoki xalqaro talablarga mos emas.Shu bois 6 ta texnik reglament bekor qilinadi, 29 tasi qayta ko‘rib chiqiladi. Joriy yilda 4 ming 460 ta, kelgusi yilda 2,5 mingdan ziyod, 2028-yilda esa 817 ta xalqaro standartni qabul qilish maqsad qilingan.2026 yil 1-iyuldan to‘qimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari, 2027-yildan boshlab neft-gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiy buyumlar, 2028-yildan boshlab esa energetika, kimyo, ekologiya va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni to‘liq xalqaro standartlar asosida tashkil etish rejalari ma’lum qilindi.Sertifikatsiya jarayonini yanada soddalashtirish zarurligi qayd etildi. Hozirgi murakkab tizim tannarx asossiz oshishiga, burokratiya va korrupsiyaga sharoit yaratayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Xavf-tahlil asosida baholash tizimi joriy etilib, qolgan tovar pozitsiyalari bo‘yicha ham majburiy sertifikatlashni bekor qilish va bosqichma-bosqich deklaratsiyalashga o‘tkazish taklif qilindi.Umuman, “Mahsulotning umumiy xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250418/standartlash-va-sertifikatlash-tizimidagi-kamchiliklar-sanab-otildi-48944558.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/0d/55665780_39:0:643:453_1920x0_80_0_0_8f59baca9e20b747d1f2461f31c5abfe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
uztest markazi akkreditatsiya markazi
uztest markazi akkreditatsiya markazi
“UzTest” markazi tugatilib, Akkreditatsiya markazi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
“SUz” milliy muvofiqlik belgisini joriy etish, metrologiya tizimini isloh qilish qilish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev texnik tartibga solish sohasini xalqaro talablar asosida isloh qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, sohada institutsional o‘zgarishlar amalga oshirilib, “UzTest” markazi tugatiladi, Akkreditatsiya markazi esa Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Tashkilotlar soni 5 tadan 3 taga qisqartiriladi.
Sinov va sertifikatlash xizmatlarini to‘liq xususiy sektorga berish taklif qilindi. Ayni paytda xususiy sektorda barcha sohalarni qamrab olgan 207 ta sinov laboratoriyasi va 73 ta sertifikatlash idorasi faoliyat yuritmoqda. Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida qator yetakchi xalqaro kompaniyalar jalb qilinadi.
Taqdimotda “SUz” milliy muvofiqlik belgisini joriy etish, akkreditatsiya organining mustaqilligini ta’minlash, sinov laboratoriyalari faoliyatini raqamlashtirish, metrologiya tizimini isloh qilish hamda etalon bazasini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, eskirgan standartlar va samarasiz texnik reglamentlardan voz kechish va to‘liq xalqaro standartlarga o‘tish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Hozirda 33 mingdan ortiq standart mavjud bo‘lib, ularning 50 foizi eskirgan yoki xalqaro talablarga mos emas.
Shu bois 6 ta texnik reglament bekor qilinadi, 29 tasi qayta ko‘rib chiqiladi. Joriy yilda 4 ming 460 ta, kelgusi yilda 2,5 mingdan ziyod, 2028-yilda esa 817 ta xalqaro standartni qabul qilish maqsad qilingan.
2026 yil 1-iyuldan to‘qimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari, 2027-yildan boshlab neft-gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiy buyumlar, 2028-yildan boshlab esa energetika, kimyo, ekologiya va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni to‘liq xalqaro standartlar asosida tashkil etish rejalari ma’lum qilindi.
Sertifikatsiya jarayonini yanada soddalashtirish zarurligi qayd etildi. Hozirgi murakkab tizim tannarx asossiz oshishiga, burokratiya va korrupsiyaga sharoit yaratayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Xavf-tahlil asosida baholash tizimi joriy etilib, qolgan tovar pozitsiyalari bo‘yicha ham majburiy sertifikatlashni bekor qilish va bosqichma-bosqich deklaratsiyalashga o‘tkazish taklif qilindi.
Umuman, “Mahsulotning umumiy xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.