Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov Ukraina bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundi qachon bo‘lishini ma’lum qildi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishDmitriy Peskov
Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2026
Obuna bo‘lish
Bu safar Rossiya delegatsiyasiga mamlakat prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Rossiya, AQSh va Ukraina muzokaralarining yangi raundi Jenevada (Shveysariya) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Ukraina mojarosini tartibga solishga oid muzokaralarning navbatdagi raundi 17-18 fevral kunlari Jenevada uch tomonlama Rossiya-Amerika-Ukraina formatida bo‘lib o‘tadi”, - dedi Kreml vakili.
Peskovning aniqlik kiritishicha, bu safar Rossiya delegatsiyasiga mamlakat prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.
Ukraina bo‘yicha tinchlik jarayoni
Yanvar oxiri va fevral boshida Birlashgan Arab Amirliklarida Moskva, Kiyev va Vashington vakillari ishtirokida xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhning yopiq muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Ular Qo‘shma Shtatlar tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasining hal qilinmagan masalalarini muhokama qilishdi.
Peregovori predstaviteley RF, SShA i Ukraini v Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp vakili: Rossiya – Ukraina – AQSh muzokaralari natija bera boshladi
Yangiliklar lentasi
0