Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Tramp vakili: Rossiya – Ukraina – AQSh muzokaralari natija bera boshladi

© MID OAE / Mediabankka o‘tishPeregovori predstaviteley RF, SShA i Ukraini v Abu-Dabi
Peregovori predstaviteley RF, SShA i Ukraini v Abu-Dabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2026
Obuna bo‘lish
Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari o‘tdi. Stiven Uitkoff 314 mahbus almashinuvi kelishuvini ma’lum qildi, Zelenskiy esa yaqin vaqtda navbatdagi uchrashuv bo‘lishini bildirdi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Birlashgan Arab Amirligi poytaxti Abu-Dabida chorshanba va payshanba kunlari Rossiya, AQSh va Ukraina delegatsiyalari ishtirokida Ukraina masalasi bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yopiq formatda, ommaviy axborot vositalari ishtirokisiz o‘tkazildi. Birinchi raund 23–24 yanvar kunlari shu yerda tashkil etilgan edi.
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffning ma’lum qilishicha, yaqin haftalarda mojaroni hal etish bo‘yicha muzokaralarda qo‘shimcha siljishlar bo‘lishini kutilmoqda. Uning ta’kidlashicha, muloqot davom ettiriladi va diplomatik harakatlar natija bera boshlagan.
Muzokaralar davomida tomonlar mahbuslar almashinuviga kelishib oldi. Uitkoffning ma’lum qilishicha, besh oy ichida birinchi marta 314 nafar mahbusni almashish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, 5-fevral kuni Kiyev nazorati ostidagi hududdan 157 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi qaytarilgan. Buning evaziga 157 nafar Ukraina Qurolli kuchlari harbiy asiri Ukraina tomoniga topshirilgan.
Vladimir Zelenskiyning aytishicha, yaqin orada Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Rossiya bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

"Keyingi uchrashuvga kelsak, u bo‘ladi. Keyingi uchrashuv yaqin vaqt ichida o‘tkazilishiga kelishib oldik", - dedi Zelenskiy brifingda.

Tomonlar muzokaralarni samarali deb baholab, hali oldinda ko‘p ish borligini qayd etmoqda.
Flagi SShA i Ukraini na fone Kapitoliya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
AQSh muzokaralar bo‘yicha 15-maygacha muddat qo‘ydi - ukrainalik deputat
Yangiliklar lentasi
0