Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda muvofiqligi majburiy baholanishi lozim mahsulotlarni olib kirish tartibi o‘zgardi

© ShutterstockFlagi YeAES
Flagi YeAES
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2026
Obuna bo‘lish
G‘ildirakli transport vositalarining “bond” omborlari orqali elektron tijorat tovarlari sifatida YeOIIga olib kirish uchun bir qator xususiyatlar ham o‘rnatildi.
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashi (YeIK) muvofiqligi majburiy baholanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bojxona hududiga olib kirish tartibiga o‘zgartirishlarni qabul qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat elektron tijorat operatorlarining “bond” omborlari orqali yetkazib beriladigan import qilinadigan tovarlar uchun texnik tartibga solish choralariga muvofiqligini tasdiqlash tartibini belgilab berdi.
Shu bilan birga, g‘ildirakli transport vositalarining “bond” omborlari orqali elektron tijorat tovarlari sifatida YeOIIga olib kirish uchun bir qator xususiyatlar o‘rnatildi.
Ma’lum qilinishicha, bunday tovarlarni faqat Armaniston, Belarus va Qirg‘izistonda hech qanday cheklovlarsiz olib kirish va muomalaga chiqarish mumkin.
Qozog‘iston va Rossiyada bu transport vositalaridan faqat yuk va yo‘lovchi tashish uchun hamda bu transport ro‘yxatdan o‘tgan Ittifoqning boshqa mamlakatlaridagi jismoniy shaxslar (shaxsiy safarlar va boshqalar uchun) foydalanishi mumkin.
O‘zgarishlar 2026-yil 1-iyulgacha kuchga kirishi kutilyapti.
Zdaniya parlamenta Kazaxstana v Astane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2026
O‘zbekiston va YeOII
Qozog‘iston Senati YeOII–Mo‘g‘uliston kelishuvini ma’qulladi: ko‘plab tovarlarga bojlar pasayadi
Yangiliklar lentasi
0