Sudyalar mustaqilligi kuchaytiriladi, kadrlar tanlovi shaffoflashtiriladi - prezident farmoni

© culture.ruYustitsiya
Yustitsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2025
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan sudyalar mustaqilligi, ochiq tanlovlar, gender tenglik va raqamlashtirishni o‘z ichiga olgan yangi islohotlar joriy etildi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. O‘zbekistonda sudyalar mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish va sud tizimiga malakali kadrlarni shaffof tartibda jalb etishga qaratilgan prezident farmoni imzolandi.
Hujjatda sud tizimida gender tenglikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ayol sudyalar ulushini kamida 30 foizga yetkazish vazifasi belgiladi.
Sudyalar oliy kengashining bir qator takliflari ma’qullandi. Endi sudyalar avval 5-yillik birinchi muddatga, keyin esa muddatsiz davrga tayinlanadi.
Shuningdek, tuman va shahar sudlari raislari hamda ularning o‘rinbosarlari achiq tanlov asosida, aniq mezonlarga ko‘ra tanlanadi.
Farmonga muvofiq, sudya faoliyatini baholashda asosiy mezonlar etib halollik, kasbiy layoqat va sudyalik odobiga rioya qilish kabi talablar belgilandi.
Bu sudya faoliyatiga qo‘yiladigan mezonlarni yanada aniq va shaffof qiladi.
Sudyalar hamjamiyatining rolini oshirish maqsadida Kengashning doimiy tarkibini shakllantirish yangicha tartibda amalga oshiriladi. Ushbu tarkib quyidagi sudyalardan tuziladi:
Oliy suddan — 2 sudya;
viloyat sudlaridan — 7 sudya;
tuman va shahar sudlaridan — 4 sudya.
Bu bilan Kengashda turli darajadagi sudlar manfaati va tajribasi teng ishtirok etishi ta’minlanadi.
Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar Kengashning jamoatchilik asosidagi a’zolari uchun nomzodlarni tavsiya qilish huquqiga ega bo‘ladi.
2025 yil 15-dekabrdan boshlab Kengash rasmiy saytlarida:
bo‘sh sudyalik va rahbarlik lavozimlari;
nomzodlarni tanlash va tayinlash jarayonining barcha bosqichlari ochiq tarzda e’lon qilib boriladi.
Bundan tashqari:
nomzodlardan ortiqcha hujjat talab qilish bekor qilinadi;
Kengash axborot tizimi “Raqamli hukumat” platformasiga to‘liq integratsiya qilinadi;
sudyalar faoliyati sun’iy intellekt orqali baholanadi;
nomzodlarning psixologik portretini baholash dasturi takomillashtiriladi.
Kengash raisiga qo‘shimcha vakolatlar berildi. Agar intizomiy ish asossiz tugatilgan yoki jazo noto‘g‘ri qo‘llangan deb topilsa, u malaka hay’ati qarorlarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin.
Sudyalarga nisbatan intizomiy jazo tartibi shaffof va adolatli bo‘lishi uchun quyidagi mexanizmlar joriy etiladi:
sudyaning himoya huquqi kafolatlanadi;
quyi lavozimga o‘tkazish intizomiy jazo sifatida qo‘llaniladi;
intizomiy jazo davomida yuqori lavozimga tavsiya etish taqiqlanadi;
intizomiy jazo asoslari aniq mezonlar bilan belgilanadi.
Sudyalar korpusida gender tenglikni ta’minlash maqsadida Odil sudlov akademiyasi qayta tayyorlash kurslariga har yili zaruratga qarab xotin-qizlar uchun maxsus kvota joriy etiladi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey po voprosam sovershenstvovaniya sudebnoy sistemi i obespecheniya pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2025
Sud tizimi takomillashtiriladi - tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0