https://oz.sputniknews.uz/20260212/chiqindi-asossiz-qarz-raqobat-qomita-sorov-55640714.html
Chiqindi xizmatida asossiz qarzdorlik va elektrga cheklovlar: Raqobat qo‘mitasi so‘rov yubordi
Chiqindi xizmatida asossiz qarzdorlik va elektrga cheklovlar: Raqobat qo‘mitasi so‘rov yubordi
Sputnik O‘zbekiston
Chiqindilarni olib chiqish xizmatlari va asossiz qarzdorliklar yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yuborildi. 2026-yil boshidan 850 dan ortiq murojaat qayd etilgan, ayrim hollarda elektr to‘lovlariga cheklov qo‘yilgan.
2026-02-12T11:14+0500
2026-02-12T11:14+0500
2026-02-12T11:14+0500
o‘zbekiston
chiqindixona
jamiyat
raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
qoidabuzarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54984829_0:56:1247:757_1920x0_80_0_0_55e112b5bdeecd7f6453f2cb63591c4a.png
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi chiqindilarni olib chiqish xizmatlaridagi kamchiliklar hamda asossiz qarzdorlik holatlari yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yubordi.So‘rov chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash, asossiz qarzdorliklarning oldini olish hamda shu sabab elektr energiyasi to‘lovlariga qo‘yilgan cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan yuborildi.Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda qattiq maishiy chiqindilarni tashish xizmatlari bo‘yicha 1141 ta murojaat kelib tushgan. 2026-yilning dastlabki oylarida esa bu ko‘rsatkich 850 tadan oshgan.O‘rganishlar ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqishning belgilangan davriyligiga amal qilinmayotgani hamda fuqarolarga asossiz qarzdorliklar hisoblanayotganini ko‘rsatdi.Murojaatlarning asosiy qismi Namangan, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.Amaldagi qonunchilikka muvofiq, xizmat ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilgan hollarda iste’molchi tegishli davr uchun to‘lovdan ozod etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251212/chiqindi-qarzdor-elektr-tolovi-cheklov-54120944.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54984829_111:0:1219:831_1920x0_80_0_0_f612ada1410806efaada8898dd4933e6.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, chiqindilarni boshqarish agentligi, asossiz qarzdorlik, chiqindilar xizmati, elektr to‘lovlari, cheklov, 1141 murojaat, 850 murojaat, namangan, qashqadaryo, jizzax, toshkent, farg‘ona
raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, chiqindilarni boshqarish agentligi, asossiz qarzdorlik, chiqindilar xizmati, elektr to‘lovlari, cheklov, 1141 murojaat, 850 murojaat, namangan, qashqadaryo, jizzax, toshkent, farg‘ona
Chiqindi xizmatida asossiz qarzdorlik va elektrga cheklovlar: Raqobat qo‘mitasi so‘rov yubordi
Ta’kidlanishicha, qattiq maishiy chiqindilarni tashish xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni ortib bormoqda, ayrim hududlarda asossiz qarzdorliklar aniqlangan.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi chiqindilarni olib chiqish xizmatlaridagi kamchiliklar hamda asossiz qarzdorlik holatlari yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga
so‘rov yubordi.
So‘rov chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash, asossiz qarzdorliklarning oldini olish hamda shu sabab elektr energiyasi to‘lovlariga qo‘yilgan cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan yuborildi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda qattiq maishiy chiqindilarni tashish xizmatlari bo‘yicha 1141 ta murojaat kelib tushgan. 2026-yilning dastlabki oylarida esa bu ko‘rsatkich 850 tadan oshgan.
Murojaatlarda asosan chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmasligi, xizmat sifati pastligi, shartnoma shartlariga amal qilinmasligi va asossiz qarzdorlik hisoblanishi oqibatida elektr to‘lovlariga cheklov qo‘yilgani yuzasidan e’tirozlar bildirilgan.
O‘rganishlar ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqishning belgilangan davriyligiga amal qilinmayotgani hamda fuqarolarga asossiz qarzdorliklar hisoblanayotganini ko‘rsatdi.
Murojaatlarning asosiy qismi Namangan, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, xizmat ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilgan hollarda iste’molchi tegishli davr uchun to‘lovdan ozod etiladi.