https://oz.sputniknews.uz/20251212/chiqindi-qarzdor-elektr-tolovi-cheklov-54120944.html
Chiqindi xizmatidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga cheklov o‘rnatildi
Chiqindi xizmatidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga cheklov o‘rnatildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chiqindi xizmatidan 1-iyuldan boshlab shakllangan qarzdorliklar to‘lanmagani uchun 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Fuqarolar chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlar yuzaga kelganda agentlikning “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimda murojaat qilishlari mumkin.
2025-12-12T12:01+0500
2025-12-12T12:01+0500
2025-12-12T12:01+0500
jamiyat
o‘zbekiston
elektr energiyasi
chiqindixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0f/27147349_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_5976dc7e906ee5c9e1eb33679cf81da7.jpg
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbekistonda chiqindi xizmatidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar qildi.Ma’lum qilinishicha, bugungacha respublika bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20,1 mlrd so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 231 014 ta abonent SMS xabarnomasi orqali ogohlantirilgan.Shundan so‘ng abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun 5 kun muddat berilgan va ushbu davrda 9,4 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan.Ta’kidlanishicha, hozir chiqindi xizmatlaridan respublika kesimida jami 18,2 mlrd so‘m debitor qarzdorlik mavjud.Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. U 1-iyuldan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun 5-noyabrdan boshlab qo‘llanmoqda.Fuqarolar chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlar yuzaga kelganda agentlikning “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimda murojaat qilishlari mumkinligi bildirilgan.Avvalroq 2026-yilning 1-yanvaridan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun onlayn tarzda amalga oshirilishi ma’lum qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250310/chiqindi-qarzdorlar-elektr-energiyasi-48328739.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0f/27147349_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_a3c9832ceb7ba7bb0bcbf06f505487e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chiqindi qarzdor to‘lov cheklov elektr energiyasi murojaat telefon
chiqindi qarzdor to‘lov cheklov elektr energiyasi murojaat telefon
Chiqindi xizmatidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga cheklov o‘rnatildi
Ma’lum bo‘lishicha, hozir chiqindi xizmatlaridan jami 18,2 mlrd so‘m debitor qarzdorlik mavjud.
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbekistonda chiqindi xizmatidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi
xabar qildi. Ma’lum qilinishicha, bugungacha respublika bo‘yicha chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20,1 mlrd so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 231 014 ta abonent SMS xabarnomasi orqali ogohlantirilgan.
Shundan so‘ng abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun 5 kun muddat berilgan va ushbu davrda 9,4 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan.
“6 dekabr holatida respublika bo‘yicha qarzdorligi qoplanmagan 204 895 abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgan. Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, hozir chiqindi xizmatlaridan respublika kesimida jami 18,2 mlrd so‘m debitor qarzdorlik mavjud.
Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. U 1-iyuldan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun 5-noyabrdan boshlab qo‘llanmoqda.
Fuqarolar chiqindilarni boshqarish sohasi va xizmat sifatiga doir taklif va shikoyatlar yuzaga kelganda agentlikning “1205” qisqa raqamiga 24/7 rejimda murojaat qilishlari mumkinligi bildirilgan.
Avvalroq 2026-yilning 1-yanvaridan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun onlayn tarzda amalga oshirilishi
ma’lum qilingan edi.