Toshkentda "Neyron tarmoqlar va vizual kontent kelajagi" mavzusida SputnikPRO o‘tkaziladi

© SputnikAnna Markelova: Neyroseti i budushee vizualnogo kontenta
Anna Markelova: Neyroseti i budushee vizualnogo kontenta
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2026
Obuna bo‘lish
Ishtirokchilar neyron tarmoqlar yordamida media uchun illyustratsiya yaratish, ularni tekshirish va professional darajada qayta ishlash ko‘nikmalarini amaliy mashg‘ulotlarda sinab ko‘radi
TOShKENT, 11 fev – Sputnik. 18-19 fevral kunlari Toshkentda "Ilhom algoritmlari. Neyron tarmoqlar va vizual kontentning kelajagi" mavzusida navbatdagi SputnikPRO loyihasi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda tinglovchilar neyron tarmoqlar OAV uchun tasvirlarni qanday yaratishi, bunday illyustratsiyalarni haqiqiy fotosuratlardan qanday ajratish va yaratilgan rasmlarni professional maqsadlarda qayta ishlash usullari bilan tanishadi.
Ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlarda mashhur neyron tarmoqlar yordamida turli maqolalar uchun o‘z illyustratsiyalarini yaratish va takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladi.
Spiker: Anna Markelova, "Rossiya segodnya" media guruhi fotoaxborot direksiyasi muharriri.
Manzillar:
18 fevral 11.30 Tashkent Perfect University. Manzil: Toshkent shahri, Zarqaynar ko‘chasi, 1-uy.
19 fevral 15.30 Puchon universitetining IT-kampusi. Manzil: Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 7-uy.
Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi kontaktlar orqali yozilish mumkin:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Ma’lumot uchun: SputnikPRO - Sputnik axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan media sohasidagi xalqaro ma’rifiy loyiha. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurs talabalari uchun Rossiya va xorijdagi eng yaxshi media-menejerlar, ekspertlar hamda agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslarining noyob tizimidir.
SputnikPRO ilk bor Tashkent Perfect University’da ma’ruza o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
SputnikPRO loyihasi hamkorlikning yangi ufqlarini ochmoqda - video
Yangiliklar lentasi
0