Rossiya bilan muhokamani boshlash, Yevropa yo‘qolishi, AQShga egilmaslik — Makron intervyusi

© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Obuna bo‘lish
Makron Rossiya bilan muloqotni qayta yo‘lga qo‘yish, AQShga ko‘r-ko‘rona tayanmaslik va Yevropa AQSh hamda Xitoy bosimi ostida geoiqtisodiy jihatdan zaiflashayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Agar hech narsa qilinmasa, Yevropa besh yildan keyin barbod bo‘ladi. Buni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron "Tagesanzeiger" nashriga bergan intervyusida aytdi.
Bundan tashqari, u yana bir qator nashrlarga ham intervyu bergan.
Makronning asosiy bayonotlari:
Yevropa Rossiyaga energiya qaramligini AQShdan suyultirilgan gazga qaramlik bilan almashtirib qo‘ydi;
Biz Rossiya bilan texnik darajada muhokama kanallarini tikladik va buni yevropalik hamkorlarim ham qo‘llashlarini istardim;
Ruslar bilan Yevropa darajasida to‘laqonli muloqotni qayta yo‘lga qo‘yish muhim. Men bir nechta yevropalik hamkasblarimga muloqotni qayta boshlashni taklif qildim;
Ukraina bo‘yicha muzokaralarda Yevropa o‘z manfaatlarini o‘zi himoya qilishi kerak, buni hatto AQShga ham ishonib bo‘lmaydi;
"AQSh tomonidan ochiqdan-ochiq tajovuzkorlikka kelganda, biz chekinmasligimiz kerak. Bu strategiya o‘zini oqlamayapti";
AQShning Grenlandiya bo‘yicha bosimi Yevropa uchun xavfli signal, inqiroz hali tugamagan;
Hech kim AQShning asl niyati geosiyosiy tahdidga qarshi turish bo‘lgan, deb aldanmasligi kerak (Grenlandiya masalasida — tahr.). Rossiyaliklar ham, xitoyliklar ham xavf tug‘dirmadi;
AQShda hukmronlik qilayotgan mafkura ochiqdan-ochiq Yevropaga qarshi. Barcha strategik hujjatlarda nafrat namoyon bo‘ladi, u YeIni parchalashga qaratilgan
Yevropa geoiqtisodiy raqobatda AQSh va Xitoy tomonidan “siqib chiqarilmoqda”;
Yevropa geosiyosat va geoiqtisodiyotda favqulodda holatda;
Yevropaliklar “hammasini yo‘qotgan” sohalar bor: kimyo sanoati, avtomobilsozlik va dastgohsozlik, bu yerda vaziyat qisqa muddatda keskin o‘zgargan.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, agar keskin choralar ko‘rilmasa, Yevropa yaqin yillarda geoiqtisodiy raqobatda jiddiy yutqazishi mumkin.
Shuningdek, u diplomatik maslahatchisining Moskvaga borgani haqidagi xabarlarni bilvosita tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Makron 2025-yil dekabr oyida Yevropa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqotni qayta tiklashi foydali bo‘lishini aytgan edi. Italiya bosh vaziri Jorj Meloni yanvar oyida Yevropani Rossiya bilan Ukraina mavzusida gaplashishni boshlashga chaqirgan va YeIning Ukraina bo‘yicha maxsus vakilini tayinlash tarafdori bo‘lgan. Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb ham Yevropa qachondir Rossiya bilan Ukraina bo‘yicha eng yuqori darajadagi muloqotni boshlashi kerakligini ta’kidlagan.
