Prezident qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuvda vazifalar va yangiliklar haqida gapirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provol vstrechu s rabotnikami selskogo xozaystva
Shavkat Mirziyoyev provol vstrechu s rabotnikami selskogo xozaystva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
Obuna bo‘lish
Paxta yetishtirgan fermerlarga hosilning 10 foizgacha subsidiya, kredit limitini yarmidan foydalanganlarga 5 foizgacha subsidiya beriladi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan agrar soha vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37 foizga oshib, 3 milliard dollarga yetdi. Yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich ilk bor 3,2 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Tantanali marosimda paxtada 80–90 sentner, g‘allada 115 sentner hosil olgan, resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etgan bir qator fermer va klasterlar faoliyati e’tirof etildi. Marosimda yuksak unvon, orden va medallarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Paxta va g‘alla bo‘yicha asosiy vazifalar
Kelgusi yilda yangi agrotexnologiya asosida 76-sxemani ommalashtirib, 891 ming gektarda paxta yetishtiriladi.
Ko‘sak qurti, sho‘r va qurg‘oqchilikka chidamli navlar ekiladigan maydonlar 500 ming gektargacha oshiriladi.
“Shinjon tajribasi” asosida 300 ming gektarga chigit ekiladi.
Paxta yetishtirgan fermerlarga hosilning 10 foizgacha subsidiya, kredit limitini yarmidan foydalanganlarga 5 foizgacha subsidiya beriladi.
Paxta urug‘chiligini rivojlantirish uchun 56 ta mahalliy nav seleksiya qilinadi, ilmiy institutlarda fitotron va issiqxonalar barpo etiladi. Mineral o‘g‘it va yoqilg‘i birja orqali arzon narxda sotilishi davom ettiriladi.
Fermerlar reytingi va imtiyozli kreditlar
Yangi reytingida 10-yildan ortiq tajribaga ega, qarzi yo‘q fermerlarga imtiyozli kredit stavkalari pasaytiladi: paxta uchun 8 foiz, g‘alla uchun 10 foiz.
“Mirzacho‘l” tajribasiga tayanib, innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil etiladi, 1 000 nafar fermer cho‘l sharoitida yetishtirish bo‘yicha o‘qitiladi. Maktab bitiruvchilariga reytingda qo‘shimcha 10 ball beriladi.
Agrar universitetning 180 talabasi dual ta’lim asosida klasterlarda amaliy o‘quv o‘taydi. Ularga stipendiya to‘lanadi, ustoz fermerlarga ham rag‘batlantirish belgilanadi. Ixtisoslashgan 167 tumanga yosh agronomlar 2 ming dollar maosh bilan ishga qabul qilinadi.
Mexanizatsiya va resurslar
2025 yilda 800 ta terim mashinasi, 450 ta seyalka va 3 ming plonka yig‘gich olib kelinadi. Paxta uchun ajratiladigan mablag‘ 1,4 barobar ko‘paytirilib, gektariga 17,5 million so‘m qilinadi.
Bog‘dorchilik va agrosanoat
90 ming gektar eski bog‘lar yangilanadi, uch yillik dastur qabul qilinadi. Intensiv bog‘lar uchun 7-yilga 14 foizda kredit, muzlatkichli ombor uchun kompensatsiya, qadoqlash xarajatining 50 foizgacha qoplash tizimi amalga oshiriladi.
Sertifikatlangan ko‘chat va shpalerlar uchun subsidiya, arzon o‘g‘it va yoqilg‘i beriladi. Auksion orqali 1 foiz qiymatda adir yerlar sotiladi.
Chorvachilik va qo‘shimcha dasturlar
Kelgusi yil 100 ming bosh qoramol, 200 ming qo‘y-echki olib kelinadi. Fermerlarga 20 sotixgacha chorvaxona qurishga ruxsat beriladi.
Chorvachilik uchun 157 mln dollar (Jahon banki va IFAD), qo‘shimcha 150 mln dollar JICA va 60 mln dollar OTB mablag‘lari yo‘naltiriladi.
Baliqchilik
Vengriya va Norvegiya bilan hamkorlikda ikki naslchilik markazi ochiladi. Ona baliq uchun kompensatsiya beriladi, import uskunalar bojxonadan ozod etiladi, intensiv xo‘jaliklar uchun soliqlar 2 barobarga kamaytiladi.
Subsidiyalar va raqamli nazorat
Barcha qishloq xo‘jaligi subsidiyalari bir tizimda — Agrar sohada to‘lovlar agentligi orqali ajratiladi. Ro‘yxatdan o‘tish 1 oydan 15 kunga qisqartiriladi.
Suv nasoslari uchun subsidiyalar sabzavot, moyli va ozuqa ekinlariga ham beriladi. 100 dan ortiq dron bilan monitoring amalga oshirildi, yana 50 ta dron olib kelinadi.
Drenaj va melioratsiya
70 ming km drenaj va kollektorlar yopiq tizimga o‘tkaziladi. Bu uchun 100 mln dollar ajratiladi. Viloyat hokimliklari 10 ming km drenajni qayta qurish va 20 ming gektar qo‘shimcha maydon ochish vazifasini oladi.
Ilm-fan va kadrlar
22 ta ilmiy markaz va 260 ta laboratoriya salohiyatini birlashtirib, Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tashkil etiladi.
G‘arbiy mamlakatlardan malakali agronomlar chaqiriladi, 500 nafar ilg‘or fermer va eksportchi xorijda o‘qitiladi.
Uchrashuv yakunida Prezident soha xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va fikrlarini tingladi.
V fermerskix xozaystvax i selskoxozaystvennix predpriyatiyax respubliki virasheno bolee 8,1 milliona tonn zerna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
Hosilni oshirish, imtiyozli kreditlar — paxta va g‘alla yetishtirishda yangi tartib belgilandi
Yangiliklar lentasi
0