150 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar: yangi qarorda tartib va foiz kompensatsiyasi belgilandi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishProizvodstvo molochnoy produksii v Patigorske
Proizvodstvo molochnoy produksii v Patigorske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2026
Obuna bo‘lish
2026 yildan tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish uchun garovsiz kreditlar hajmi oshiriladi, ayrim holatlarda kredit foizlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lganlarga garovsiz kreditlar hajmi oshiriladi. Bu 2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan Prezident qarorida nazarda tutilgan.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida
Mahallada tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lganlarga garovsiz kredit — 50 mln so‘mgacha;
Chorvachilikka ixtisoslashgan hududlarda naslli chorva va tuyachilik uchun — 100 mln so‘mgacha;
Turizm salohiyati yuqori mahallalarda uy mehmonxonasi va 50 foizdan yuqori ixtisoslashgan hududlarda saqlash/qayta ishlash mini-texnologiyalari uchun — 150 mln so‘mgacha;
Kredit hisobidan tovar va xizmatlarni oldindan yetkazib berish talabi bekor qilinadi.
Foiz stavkalariga kompensatsiya (1 martdan)
Mahsulot yetishtirish loyihalari — foizning 4 punkti qoplanadi;
Qayta ishlash loyihalari — foizning 6 punkti qoplanadi.
Og‘ir toifadagi tumanlarda kreditlar yillik 12 foiz stavkada ajratiladi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
1 martdan “mahalla yettiligi” xulosasiga ko‘ra Ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bor, mehnatga layoqatli a’zosi yo‘q oilalar uylarida:
devor va tom izolyatsiyasi,
energiya tejamkor eshik-derezalar,
quyosh panellari yoki geliokollektor o‘rnatiladi.
Kasbiy ta’limni qo‘llab-quvvatlash (2026 yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar)
O‘qituvchi va ustalar sertifikat olish xarajatlarining 50 foizi (20 BHMgacha) qoplanadi;
Malaka baholash markazi ochgan tadbirkorlarga uskuna xarajatlarining 30 foizi (200 BHMgacha) qoplanadi.
Norasmiy bandlikka qarshi choralar
Aniqlangan holatlar bo‘yicha ish beruvchilarga elektron ogohlantirish yuboriladi;
3 ish kunida bartaraf etilmasa, tekshiruv o‘tkaziladi;
1 oy ichida mehnat shartnomasi rasmiylashtirilsa, ma’muriy javobgarlik qo‘llanilmaydi;
Norasmiy bandlik va minimal ish haqidan past to‘lov holatlari tadbirkor barqarorlik reytingiga salbiy ta’sir qiladi.
Delovoe sotrudnichestvo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit beriladi
Yangiliklar lentasi
0