Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit beriladi

© freepik / rawpixelDelovoe sotrudnichestvo.
Delovoe sotrudnichestvo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
Obuna bo‘lish
OTM bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha 7-yillik imtiyozli kredit beriladi. Kredit asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladi
TOShKENT, 4 noya – Sputnik. O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2-yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga 5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, kredit stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori qilib belgilanadi.
Mazkur tartib “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli qarorga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda belgilangan.
Qarorga ko‘ra, imtiyozli kreditlar tadbirkorlarga har bir 1 milliard so‘m qarz uchun kamida 1 nafar bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan beriladi.
Kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalar uchun asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirishga yo‘naltiriladi.
Agar imtiyozli kredit asosida ishga qabul qilingan bitiruvchi bilan 2-yil ichida mehnat shartnomasi bekor qilinsa va 1 oy ichida boshqa bitiruvchi ishga qabul qilinmasa, kredit bo‘yicha foiz stavkalari tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi.
Shuningdek, bitiruvchilar o‘rtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etilib, g‘oliblarga kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olish sharti bilan 1 milliard so‘mgacha grant ajratiladi.
Student na ekzamene
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2025
Prezident huzurida yig‘ilish: oliy ta’limni jiddiy o‘zgarishlar kutmoqda
Yangiliklar lentasi
0