Sog‘liqni saqlash sohasidagi DXSh loyihasi: Farg‘onada 800 o‘rinli shifoxona quriladi

© Foto : press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiV Fergane postroyat mnogoprofilnuyu kliniku
V Fergane postroyat mnogoprofilnuyu kliniku  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2026
Obuna bo‘lish
Farg‘onada barpo etiladigan 800 o‘rinli zamonaviy shifoxonada kardiojarrohlik, neyroxirurgiya va organ transplantatsiyasi xizmatlari bir joyda yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Farg‘ona viloyatida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona barpo etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihasi doirasida tender g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
G‘olib sifatida Saudiya Arabistonining VISION INTERNATIONAL INVESTMENT COMPANY konsorsiumi va O‘zbekistondagi KOC CONSTRUCTION MEKANIK ELEKTRIK MCHJ FE e’lon qilindi.
Shartnomaga ko‘ra, investor uch yil ichida shifoxonani xalqaro standartlar asosida loyihalashtirishi, qurishi, moliyalashtirishi va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashi lozim.
© Foto : press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiV Fergane postroyat mnogoprofilnuyu kliniku
V Fergane postroyat mnogoprofilnuyu kliniku  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2026
V Fergane postroyat mnogoprofilnuyu kliniku
Ta’kidlanishicha, bu loyiha davlat va xususiy sektorning sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorligining pilot namunasi hisoblanadi. U kardiojarrohlik, neyroxirurgiya va organ transplantatsiyasi kabi yuqori texnologiyali uchinchi darajali tibbiy xizmatlarni bir joyda yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Bu aholining boshqa hudud yoki xorijga chiqmasdan davolanishiga imkon beradi.
Tenderda 10 ta kompaniya ishtirok etgan, 8 tasi saralash bosqichidan o‘tgan.
Vrach pishet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2026
Samarqandda bu yil 117ta tibbiyot muassasi yangilanadi
Yangiliklar lentasi
0