Samarqandda bu yil 117ta tibbiyot muassasi yangilanadi

© Getty Images / RunPhotoVrach pishet
Vrach pishet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2026
Obuna bo‘lish
Viloyatda 95ta poliklinika yangilanib, Urgut tumanida yangi shifoxona quriladi.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. 2026 yilda Samarqanddagi tibbiyot muassasalarini ta’mirlash va yangilarini qurish maqsadida 479 mlrd so‘m ajratiladi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Prezident farmoniga muvofiq, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlashning yangi modelini joriy qilish bo‘yicha tajriba-sinov hududi sifatida belgilab olingan. Unga ko‘ra, Samarqandda 2026-yildan boshlab 117 ta obyektda 479,3 mlrd. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi, - deyiladi xabarda.

Mablag‘lar asosan quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
Viloyatdagi 95ta oilaviy poliklinikaning qurilish-ta’mirlash ishlariga 360 mlrd. so‘m.
Urgut tumanida xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan namunaviy tipdagi yangi shifoxona barpo etish ishlari boshlanadi.
Viloyatdagi 90 foizdan ortiq tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi.
Aholi uchun tibbiy xizmatlar “bir qadam” tamoyili asosida ko‘rsatilib, murojaatlarning 70 foizini to‘liq birlamchi bo‘g‘inda hal etishga erishiladi.
Respublika miqyosida esa, 2026-yilda 227 ta tibbiyot muassasasida 1,750 trln. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Jumladan 36 ta yangi obyekt barpo etilib, yana 108 ta muassasada rekonstruksiya hamda 83 ta binoda mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi. Loyihalarning asosiy qismi, ya’ni 209 ta obyekt butunlay yangidan boshlanadi.
Ma’lumot uchun, oxirgi 8-yilda sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltirilayotgan mablag‘ miqdori 6 karra oshirilib, 2025-yilda 42 trln. so‘mni tashkil etdi. 2026-yilda bu raqam 49 trln. so‘m bo‘lishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0