https://oz.sputniknews.uz/20260209/dehqonlar-tomorqa-egalar-subsidiya-berilish-55569341.html
Ayrim usta dehqonlar va tomorqa egalariga 200 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
Ayrim usta dehqonlar va tomorqa egalariga 200 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qarori bilan 2026-yilda dehqon va tomorqa egalari uchun subsidiyalar joriy etildi. Bog‘larni yangilash, tomchilatib sug‘orish, quduq burg‘ilash va usta dehqonlarni rag‘batlantirish nazarda tutilgan.
2026-02-09T16:07+0500
2026-02-09T16:07+0500
2026-02-09T16:07+0500
o‘zbekiston
jamiyat
mahalla
yangi qonun
moliyalashtirish
mahsulot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/14/45284998_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_61dd37a9de600feebbfa6b25e7475bd4.jpg
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. 2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Bu tadbirlar Prezident qarorida ko‘rsatilgan.Qarorga muvofiq, Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi moliyaviy instrumentlar joriy etiladi:Usta dehqonlar uchun subsidiyalarBog‘larni yangilash va barpo etishTomorqa va ijara yerlarida samarasiz eski bog‘larni rekonstruksiya qilish va yangi bog‘lar barpo etish uchun:Suv tanqis hududlar uchunSuv ta’minoti og‘ir bo‘lgan joylarda tomorqa va ijara yerlarini sug‘orish maqsadida:
https://oz.sputniknews.uz/20251209/prezident-taqdimot-tanishuv-54047072.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/14/45284998_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_43991922c38f68099de2c9b2f04aa04a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tomorqa, dehqon xo‘jaligi, subsidiya, usta dehqon, bog‘ rekonstruksiyasi, tomchilatib sug‘orish, quduq, quyosh paneli, prezident qarori, qishloq xo‘jaligi
tomorqa, dehqon xo‘jaligi, subsidiya, usta dehqon, bog‘ rekonstruksiyasi, tomchilatib sug‘orish, quduq, quyosh paneli, prezident qarori, qishloq xo‘jaligi
Ayrim usta dehqonlar va tomorqa egalariga 200 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
2026 yilda dehqon va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi daromadini oshirish maqsadida yangi moliyaviy instrumentlar joriy etildi
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. 2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Bu tadbirlar Prezident qarorida
ko‘rsatilgan.
Qarorga muvofiq, Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi moliyaviy instrumentlar joriy etiladi:
Usta dehqonlar uchun subsidiyalar
Har 10 ta xonadonni yuqori daromadli mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirgani uchun — 2 million so‘m;
Mahalladagi xonadonlarning kamida 30 foizini ixtisoslashtirgani uchun — 75 million so‘m.
Bog‘larni yangilash va barpo etish
Tomorqa va ijara yerlarida samarasiz eski bog‘larni rekonstruksiya qilish va yangi bog‘lar barpo etish uchun:
Sertifikatga ega mevali ko‘chat narxining 50 foizi, biroq har bir ko‘chat uchun 30 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
Har bir o‘rnatilgan tirgak (ustun) narxining 50 foizi, biroq 70 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
Har bir sotixga yomg‘ir suvini yig‘ish va (yoki) tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish uchun 160 ming so‘mgacha.
Suv tanqis hududlar uchun
Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan joylarda tomorqa va ijara yerlarini sug‘orish maqsadida:
Quvvati 10 kVtdan kam bo‘lmagan quyosh paneli o‘rnatish xarajatlarining 70 foizi, biroq 200 million so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.